Infocom.uz

UCell: mamlakatdagi birinchi proyeksion reklama

Bu innovatsion reklama texnologiyasi biror-bir jism sathiga maxsus proyektor tomonidan gologramma uzatilishi orqali o’ta hayotiy tasvir yaratishdan iboratdir. Akustik jihozlar nutq va tovushlarni uzatishga imkon beradi.

Joriy yilning 5 va 6-fevral kunlari Toshkentdagi bir necha savdo va ko’ngilochar majmualariga tashrif buyurganlar UCell kompaniyasining proyeksion reklamasini ko’rishga muvaffaq bo’lishdi. Mazkur reklama kampaniyasi yangi “Oddiy bir yarim” tarif rejasining taqdimotiga bag’ishlangan edi.

Aytib o’tilgan reklama kampaniyasida odam bo’yi va gavdasi shaklidagi maxsus jismlar ishlatilib, zamonaviy maxsus effektlar yordamida tirik odam tasavvuri yaratildi va u USellning yangi tarifi va boshqa xizmatlari haqida so’zlab berdi.

Reklamani «Mega Planet», «Turkuaz», «Kontinent», «Korzinka na Turkmenskom», «Korzinka Aeroport» savdo va ko’ngilochar majmualari hamda Mobile City – UCell kompaniyasining markaziy xizmat ko’rsatish sho’basida ko’rish mumkin edi.

Ushbu reklama turi O’zbekiston uchun yangilik bo‘lganligini sababli mazkur joylarga tashrif buyurganlar orasida katta qiziqish uyg’otdi.

Biz turli tashqi reklamaga o’rganganmiz – plakatlar, osma reklama va bilbordlar, chunki ular mamlakatimizning barcha joylarida keng miqyosda namoyon etilgan. Lekin zamonaviy reklama sohasining eng dolzarb taraqqiyot tendensiyasi aynan noan’anaviy proyeksion va lazer reklamalarini ishlatishdadir.

Shu bilan, UCell innovasiya va yangiliklarga intilishi va o’z faoliyatining barcha jabhalarida eng zamonaviy texnologiyalarni ishlatish maqsadini yana bir bora namoyon etdi.

UCell barchani 11, 12 va 13-fevral kunlari mazkur yangi proyeksion reklamani shaxsan ko’rish uchun yuqorida qayd etilgan majmualarga taklif etadi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing: