Infocom.uz

“Ucell” muhim kontaktlarni tiklashga yordam beradi

Buning uchun 5055 qisqa raqamiga #998VVAAAAAAA shaklida tanishingizning (hamkasb, do‘st va shu kabi) eski raqami bilan SMS-xabar jo‘natishingizning o‘zi kifoya. Javobga siz izlayotgan odamning yangi raqami haqida SMS-xabar olasiz.

Agarda o‘zingiz raqamingizni o‘zgartirgan bo‘lib, o‘zingizni topish imkonini bermoqchi bo‘lsangiz, yangi raqamingizdan 5055 qisqa raqamiga 998VVAAAAAAA shaklida eski raqamingiz bilan SMS-xabar jo‘nating. Javob sifatida siz eski raqamingiz ma’lumotlar bazasida muvaffaqiyatli saqlangani haqida SMS-xabar olasiz.

5055 raqamiga 1 (bitta) chiquvchi SMS-xabarning narxi – $0,3;

5055 raqamidan 1 (bitta) kiruvchi SMS-xabarning narxi – $0.

Xizmat “Ucell”ning barcha abonentlari uchun amal qiladi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top