Infocom.uz

“Ucell” OAV bilan hamkorlik qilishning yangi bosqichiga chiqmoqda

Mazkur shartnoma doirasida “UzReport” AA “Ucell”ning autsorsing shartlari asosida faoliyat ko‘rsatuvchi tashqi matbuot xizmati sifatida respublika ommaviy axborot vositalari bilan samarali o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshiradi.

“UzReport” AA vazifalariga mamlakat axborot makonini “Ucell” imidjini keng jamoatchilik va kompaniya hamkorlari oldida qo‘llab-quvvatlovchi materiallar bilan to‘ldirish, maqsadli auditoriyaga mobil operatori faoliyatining muhim voqealari haqidagi axborotni yetkazish kiradi. “UzReport” AA, shuningdek “COSCOM” XK MCHJning O‘zbekistonda “Ucell” savdo belgisini ilgari surish hamda ommaviylashtirish bo‘yicha biznes-vazifalarini hal qilish uchun zarur bo‘lgan matbuot tadbirlarni tashkil qilish hamda kuzatib borishni o‘z zimmasiga oladi.

“Ucell”ning Jamoatchilik bilan aloqalar departamenti rahbari Davron Azizovning so‘zlariga qaraganda, mazkur shartnoma aholining keng qatlamini kompaniya faoliyati, uning yangiliklari hamda hayriya ishlari haqida ko‘proq xabardor qilish uchun ham bosma, ham internet nashriyotini ichiga olgan respublika OAV media-makonining imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanish imkonini beradi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top