Infocom.uz

“Ucell” – “Pine Leaf Boys” guruhining O‘zbekistonda konsert tashkillashtirishida hamkor

Konsertlar 26 iyun kuni soat 19:00 da Buxoroning qadimiy amfiteatrida va 30 iyun kuni soat 19:00 da Toshkentda “Turkiston” saroyining yozgi maydonchasida Davlat departamentining madaniy elchilar uchun dasturi doirasida bo‘lib o‘tadi.

To‘rt karra Gremmi mukofotiga nomzodi qo‘yilgan “Pine Leaf Boys” guruhi o‘zining kamyob musiqasi va jo‘shqin ijrosi bilan ajralib turadi. Uning repertuari amerikacha kajun mumtoz kuylari hamda raqs zallarida mashhur qo‘shiqlarni o‘z ichiga oladi. Guruh a’zolarini Uilson Savoy (akkordeon, skripka va vokal), Daniel Geyl (skripka), Dryu Saymon (nog‘ora va vokal), Jon Betrand (gitara) va Devid Tomas (bas) tashkil qiladi.

“Kompaniyamiz doimo O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar xalqlari o‘rtasida do‘stona munosabatlarning mustahkamlanishi va chuqurlashishiga xizmat qiluvchi madaniy-ommaviy tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor, – mazkur voqeani sharhladi “Ucell”ning korporativ aloqalar xizmati rahbari Davron Azizov. – Shu munosabat bilan “Ucell” kompaniyasi “Pine Leaf Boys” O‘zbekistonga bo‘lgan ilk safarini tashkillashtirishda ko‘makalshish hamda hamkor bo‘lishdan mamnun”.

“Pine Leaf Boys” ikkita konsertga qo‘shimcha ravishda butun mamlakat bo‘ylab musiqa mamlakatlarida mahorat darslarini o‘tkazib, u yerda mahalliy talabalarga Amerikaning janubiy shtatlarining musiqasini ijro etish mahorati va texnikasini o‘rgatadilar.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing: