Infocom.uz

“Ucell” SMS paketlar narxlarini keskin pasaytirmoqda

Respublika aholisining o‘z qarindoshlariga, yaqinlariga, shuningdek ishbilarmon hamkorlariga raqam o‘zgarganligi haqida SMS yuborishga bo‘lgan yuqori ehtiyojini hisobga olgan holda, UcellSMS-Paketlarga bo‘lgan narxlarni keskin pasaytirib, yana bir bor abonentlari haqida qayg‘urishini namoyon qiladi.Endilikda 1 SMS narxi xarid kilingan paketdan kelib chiqib, $0.006 dan $0.002 gachani tashkil qiladi.

– Shu kunlarda tarmog‘imiz orqali o‘tayotgan axborot oqimining keskin oshishiga qaramay biz abonentlarmiz istagini inoabtga olishga tayyormiz, – voqeani sharhlaydi Korporativ aloqalar bo‘yicha departament rahbari Davron Azizov. – Abonentlarimiz o‘zlarining moddiy sarf-xarajatlari haqida qayg‘urmay turib, iloji boricha ko‘p sonli odamlarni xabardor qila olishlari uchun biz SMS-Paketlar narxlarini keskin pasaytirdik.

Endilikda *147# raqamiga so‘rov yuborib, siz o‘zingiz sitagan bir yoki undan ortiq SMS-Paketlarni olishingi mumkin. Batafsil ma’lumot kompaniya korporativ saytida: http://ucell.uz/ru/news/2012/07/20/new_sms_bundles.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top