Infocom.uz

UCell: “Ulaning va Yutib oling” – mega-aksiyasi

Har bir yangi mijoz yutug’ni qo’lga kiritishi mumkin. Ikki kishi uchun 15ta Turkiyaga sayohat, 60ta Samsung plazma televizorlari, 75ta UCell telefonlari va bepul daqiqalar o’z egalarini kutmoqda. Buning uchun UCellga ulanish kifoya. Aksiya 2010 yil 30 iyungacha davom etadi.

Lekin aynan kim ushbu sovg’alarni qo’lga kiritadi? Har 1000-nchi abonent O‘zbekiston bo‘ylab so’zlashuv uchun 1000 bepul daqiqaga ega bo‘ladi, har 5000-nchi abonent UCell telefoniga, har 10000-nchi abonent Samsung plazma televizoriga, har 50000-nchi abonent ikki kishilik Turkiyaga sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Biroq bu hali hammasi emas. 2010 yil 30 iyungacha ulangan barcha abonentlar uch oy davomida har oy 30 bepul daqiqa va 30 SMSga ega bo‘ladi.

“UCell o’z abonentlari haqida o’ylaydi. Biz ham hozirgi mijozlarimiz, ham yangi, endigina kompaniyamizga ulangan abonentlarni rag’batlantirishga harakat qilamiz.” – dedi XK “COSCOM” MChJning Bosh direktori janob Oguz Memiguven. “Biz ularni yanada ko’proq sovrinlar, aksiyalar va bonuslar bilan hursand qilishni davom ettiramiz.”

Batafsil ma’lumotni www.ucell.uz internet sahifasidan olish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top