Infocom.uz

“Ucell”: viloyatlarda abonentlarni qabul qilish uchun barcha sharoitlar yaratilgan

Bunday holatda kompaniya personalining bosh vazifasi mavjud va yangi abonentlariga maksimal qulayliklarni ta’minlash bo‘lmoqda. Viloyatlardan kelgan ma’lumotlar ko‘rsatishicha, masalaning bunday turishi o‘zbekistonliklar tomonidan to‘g‘ri qabul qilinmoqda.

Xususan, Andijonda abonentlar va dilerlar oqimlarni ular uchun alohida kirishlarni tashkil qilish orqali taqsimlash hisobiga kompaniya ofilaridagi navbatni qisqartirishga erishildi. Ofis binolari kutayotgan abonentlar uchun alohida joylar bilan jihozlangan.

Andijon ofisi, kassa bilan birga, dam olish kunlarisiz ertalab 9 dan ke soat 10 gacha ishlamoqda. Yanada kech qolgan (yoki erta kelgan) mijozlar shundayligicha qoldirilmaydi – ular uchun shahar ofisining yaqinida 7 ta “Ucell” monobrendli shahobchalari ishlamoqda. Ularning eshiklari ertalab 7 dan kech soat 12 gacha ochiq.

Shu kunlarda Andijon ko‘chalaridagi “Ucell” ofislari va dilerlik shahobchalaridagi tartib milisiya naryadlari tomonidan ta’minlanmoqda. Ular abonentlarning kompaniya menejerlariga o‘tishi qulay bo’lishini, shuningdek kelayotgan transport shaharliklarga xalal bermasliklarini kuzatmoqdalar.

Biz g‘ayrioddiy holat bilan to‘qnashganimizni tushunamiz, bunda odamlarning katta soni birdaniga ofisimiz va dilerlik shahobchalarmizga intildilar, – dedyi “Ucell”ning korporativ aloqalar departamenti direktori Davron Azizov. – Shuning uchun kompaniya xodimlari shu kunlarda maksimal mas’uliyat va tezkorlik bilan ishlamoqdalar va “Ucell” nomi bilan mijozlarmizda ulanish vaqtida faqatgina ijobiy emotsiyalar bo‘lishi uchun harakat qilmoqdalar.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top