Infocom.uz

UCell: Yangi “3G Video pochta” xizmati

Tasavvur qiling, video qo‘ng‘irog‘ingiz ma’lum bir sabablarga ko‘ra chaqirilgan abonentga yetib bormadi. Do’stingizning telefon apparati 3Gda ishlamaydi yoki u tarmoq qamrov doirasidan tashqarida. Endi “3G Video pochta” xizmati yordamida siz abonentga video-xabar qoldirishingiz mumkin. Chaqiriligan tomon yozib olingan videoni MMS shaklida oladi.

Xizmatdan Kompaniyaning barcha abonentlari foydalanishlari mumkin. Shuni e’tiborga olish zarurki, xabar uzunligi 17 sekunddan oshasligi kerak. Xizmat “Video-qo‘ng‘iroq” xizmatini taqdim etish shartlariga asosan narxlanadi.

Batafsil axborotni www.ucell.uz internet sahifasidan olish mumkin.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top