Infocom.uz

UCell yangi “Oddiy bir yarim” tarifini taqdim etdi

“Oddiy bir yarim” tarif rejasi Prepaid tizimidagi abonentlar uchun bo‘lib, nomining o‘zida uning eng katta afzalligi namoyon etilgan – O‘zbekiston bo‘ylab barcha chiqish qo‘ng‘iroqlari, SMS i MMS narxi atigi bir yarim sent! Kirish qo‘ng‘iroqlari, SMS va MMS bepul va abonent to‘lovi umuman yo‘q. 1 Mb Internet narxi– $0.10. Endi sizning suhbatdoshingiz «UCell» yoki boshqa mobil telefon aloqasi operatori abonentimi, shahar telefon tarmog‘idan gaplashayaptimi – bularning farqi yo‘q. Chiqish qo‘ng‘iroqlari va xabarlar doimo bir yarim tsent.

“Oddiy bir yarim” tarif rejasi mablag‘larni ancha tejagan holda “UCell” tarmog‘i barcha mavjud hududlarda sifatli mobil aloqa va barcha qo‘shimcha xizmatlardan foydalanish imkoniyatini beradi, – dedi kompaniya Bosh direktorining marketing bo‘yicha o‘rinbosari Maxbuba Sadikova. – Ko‘pchilik uchun qo‘ng‘iroqlar narxi to‘g‘risida qayg‘urmasdan do‘stlari va yaqinlari bilan erkin muloqot qilish imkoniyati juda muhimdir.”

“Oddiy bir yarim” tarifi faol muloqotda bo‘lishni afzal ko‘radiganlar uchun juda foydali taklifdir.

Bundan tashqari, mazkur tarifga ulangan abonentlar kompaniya tomonidan taklif etilayotgan barcha qo‘shimcha xizmatlar – tezkor Internet va elektron pochta, videoqo‘ng‘iroqlar, SMS xabarlarini elektron pochtaga yuborish va boshqa barcha xizmatlardan to‘la-to‘kis foydalana oladilar.

”Oddiy bir yarim” tarif rejasiga “UCell” kompaniyasining sho‘balarida va rasmiy dilerlar salonlarida ulanish mumkin.

“UCell” taklif etayotgan mazkur va boshqa tarif rejalar bilan www.ucell.uz Internet sahifasida batafsil axborot olish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top