Infocom.uz

UCell: Yangi “Yanada ko‘p suhbat” tarif rejasi

Mazkur tarifning asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, tarmoq ichidagi barcha chiqish qo‘ng‘iroqlari 2-daqiqadan so‘ng bepul, ayni paytda barcha kirish qo‘ng‘iroqlari tekin va abonent to‘lovi ham yo‘q. Shu bilan birga, yangi tarif rejasi O‘zbekiston bo‘ylab chiqish qo‘ng‘iroqlari hamda tarmoq ichidagi SMS va MMS xabarlari uchun tejamkor narxlarga ega. Internetda ishlash ham arzonroq – 1Mb uchun atigi $0.06dan iborat. Ulanish paytidagi birinchi to‘lov 3000 so‘m va ushbu mablag‘ning hammasi abonent raqamiga tushadi.

“Yanada ko‘p suhbat” yangi tarif rejasi faol hayot tarzi olib boruvchi va mobil telefon orqali ko‘p suhbatlashadigan insonlar uchun mo‘ljallangan. Zamonaviy hayot tarzi va abonentlar qiziqishlarini inobatga olgan holda, Ucell yangi qulay tarif rejasini ishlab chiqdi va u endi arzonroq narxda qo‘ng‘iroq qilish, SMS orqali xabar va MMS orqali fotosurat hamda multimediya fayllar jo‘natish hamda Internetdan foydalanish imkoniyatini beradi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top