Infocom.uz

UCG Beeline 2012 chempionati: Qarshida ikki baravar issiq bo‘ldi!

Eslatib o‘tamiz, iyun – avgust oylarida O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi tashkilotchilari Fond Forum, “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi va infoCOM.UZ jurnali bo‘lgan Uzbekistan Cyber Games Beeline 2012 Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston Chempionatini o‘tkazmoqda. Birinchilikning bosh hamkori – “Bilayn”.

Chempionat 23 iyun kuni Buxoroda muvaffaqiyatli start oldi, u yerda 24 iyun kuni Buxoro va Navoiy geymerlari uchun saralash turniri yorqin va to‘liq bo‘lib o‘tdi. Samarqand chempionat estafetasini davom ettirdi va 1 iyul kuni Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi akademik litseyda Samarqand va Jizzax viloyatlari geymerlari uchun hududiy bosqich bo‘lib o‘tdi. Farg‘ona vodiysi geymerlari milliy final uchun yo‘llanmalrni 8 iyul kuni Farg‘onada o‘ynadilar.

Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston Chempionati ikki bosqichda o‘tkazilmoqda. Iyun-iyulda Buxoro, Samarqand, Farg‘ona, Qarshi, Nukus va Toshkentda hududiy saralash turnirlari o‘tkazilmoqda. Viloyatlarda eng yaxshi e-sportchilar aniqlanganidan so‘ng, 11 avgust kuni poytaxtdagi Yoshlar ijodiyot markazida UCG Beeline 2012 milliy finali, 12 avgustda esa – g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

“Qarshida juda ham issiq bo‘ldi. Nafaqat hozir yozning o‘rtasi bo‘lgani va bu mamlakatning janubiy viloyatlarida yanada kuchli bilingani uchun. Shunchaki, Qarshida Qashqadaryo va Surxondaryodan ko‘p sonli ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tgan va yo‘llanmalar uchun kurash juda qattiq o‘tdi, – deydi chempionat tashkiliy qo‘mitasining rahbari Aleksandr Suchkov. – 14-15 iyul kuni Shuxrat.UZ internet-klubining keng zalida qirqta eng zamonaviy kompyuterlarda jahondagi ikkita eng mashhur o‘yinlar FIFA va Counter Strike 1.6 bo‘yicha hududiy final bo‘lib o‘tdi. Hududiy saralash turniri g‘oliblarini “Bilayn”dan sovg‘alar bilan taqdirladilar, birinchi o‘rinni egallaganlar esa 11 avgustda Toshkentda bo‘lib o‘tadigan milliy finalda ishtirok etadilar”.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Bilayn” Janubiy hududiy filiali direktori shunday dedi: “Biz Buxoro, Samarqand va Farg‘onadagi birinchiliklar voqealarini diqqat bilan kuzatib bordik va o‘ylaymizki, ular kabi qiziqarli o‘yinni ko‘rsatgan bollarimiz finalda boshqa viloyatlardan bo‘lgan geymerlarga arzirli raqobatchi bo‘la oladilar. Qashqadaryo va Surxondaryoda internetlashtirish ishlari “Bilayn” va boshqa provayderlar hisobiga yetarli darjadagi yuqori darajaga yetdi, bu O‘zbekiston Janubida e-sportning kelajagi porloqligidan darak beradi”.

O‘zbekistonning UCG Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha chempionatlari 10 yil davomida o‘tkazib kelinmoqda. Miliy birinchilikning g‘olibalri mamlakat sha’nini AQSH, Singapur, Italiya va Germaniyada bo‘lib o‘tgan WCG bo‘yicha Jahon chempionatida himoya qilganlar. Milliy e-sportchilarning yuqori erishuvi 2007 yilda Makaoda, 2009 yilda Vetnamdagi Yopiq binolardagi Osiyo o‘yinlarida (AIG) qo‘lga kiritgan kumush medallari bo‘ldi. UCG Beeline 2012 Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlari bo‘yicha navbatdagi WCG 2012 Jahon chempionati va 2013 yilda Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan Yopiq binolardagi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun mamlakat terma jamoasini shakllantirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi.

“Bilayn”ning o‘yin serverlari http://games.beeline.uz/

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top