Infocom.uz

UCG Beeline 2012 chempionati Toshkent hududiy saralash turniriga ishtirokchilarni ro‘yxatga olish jarayoni yakunlanmoqda

“Chempionatimiz 22 avgustdan so‘ng qisqa tanaffus qildi. Kecha mamlakatimizda o‘quv yurtlariga kirayotganlar uchun test sinovlari o‘tkazildi va endi abituriyentlarga bosh masala – o‘qishga xalaqit bermagan holda chempionatning hududiy saralash turnirlarini davom ettirishimiz mumkin!” – voqeani sharhlaydi chempionat tashkiliy qo‘mitasining rahbari Aleksandr Suchkov. – “Toshkentda ishtirokchilarning eng katta soni bo‘lishi kutilmoqda, shuning uchun milliy finalga sakkiztadan uchtadan kvotadan o‘ynaladi. Counter Strike 1.6 va FIFA 2011 o‘yinlari bo‘yicha finallarning birinchi beshta ishtirokchisini biz Buxoro, Farg‘ona, Samarqand, Qarshi va Nukusda aniqlab bo‘lganmiz”.

Chempionat Buxoroda muvaffaqiyatli start oldi. U yerda 24 iyun kuni yorqin va to‘liq asnoda Buxoro va Navoiydan bo‘lgan geymerlar uchun hududiy saralash turniri bo‘lib o‘tdi. Samarqand chempionat estafetasini davom ettirdi va 1 iyul kuni Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi Akademik litseyda Samarqand va Jizzax viloyatlaridan bo‘lgan geymerlar uchun hududiy bosqich o‘tkazildi. Farg‘ona vodiysi geymerlari 8 iyul kuni Farg‘onada milliy final uchun yo‘llanmalarni o‘ynadilar, 15 iyul kuni Qarshida esa O‘zbekistonning eng janubiy viloyatlari – Qashqadaryo va Surxondaryo uchun hududiy turnir bo‘lib o‘tdi. 22 iyul kuni Nukusda, ilk bor kompyuetr o‘yinlari bo‘yicha mamlakat chempioanti tarixida Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatidan bo‘lgan geymerlar uchun hududiy saralash turniri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori Abay Kolanov shunday dedi: “Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha milliy birinchilik mamlakatning eng yirik beshta shaharida bo‘lib o‘tdi va deyarli barcha hududlarni qamrab oldi. Hozir oldimizda chemionatning bosh saralash turi – Toshkent bosqichi turibdi. Unda finalga yo‘llanma uchun nafaqat ikkita o‘yin, balki bir yo‘la to‘rtta o‘yin muxlislari bellashadi. Poytaxt geymerlari – O‘zbekistonda eng kuchlilardan ekanligi sir emas, shuning uchun bizni ushbu uch o‘yinli kunlarda maroqli manzara kutmoqda. “Bilayn” nomidan ishtirokchi va hakamlarga yorqin musobaqa va halol o‘yinni tilab qolaman!”

Toshkentda hududiy saralash turniri o‘tkazilish tartibi:
6-8 avgust – Toshkent (Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridan bo‘lgan geymerlar ishtirok etishadi).

a) Counter Strike 1.6 va NFS: Most Wanted o‘yinlari bo‘yicha turnirlar soat 9-00 dan, Toshkent sh., Yalong‘och massividagi (oldingi Visokovoltniy) SHOCK klubida o‘tkaziladi. Klub “Maishiy xizmatlar uyi” binosida joylashgan. Mo‘ljal – “Kvartal” supermarketi. Klub telefoni: 269-07-02. Ro‘yxatga olish 3 avgustgacha (shu kun ham kiradi).

b) Dota AllStars 5×5 va FIFA 2011 o‘yinlari bo‘yicha turnirlar soat 9-00, Toshkent sh., Chexov ko‘chasi, 7 dagi “Chekhov” klubida o‘tkaziladi. Ro‘yxatga olish 3 avgustgacha (shu kun ham kiradi).

O‘zbekistonning UCG Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha chempionatlari 10 yil davomida o‘tkazib kelinmoqda. Miliy birinchilikning g‘olibalri mamlakat sha’nini AQSh, Singapur, Italiya va Germaniyada bo‘lib o‘tgan WCG bo‘yicha Jahon chempionatida himoya qilganlar. Milliy e-sportchilarning yuqori erishuvi 2007 yilda Makaoda, 2009 yilda Vetnamdagi Yopiq binolardagi Osiyo o‘yinlarida (AIG) qo‘lga kiritgan kumush medallari bo‘ldi. UCG Beeline 2012 Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlari bo‘yicha navbatdagi WCG 2012 Jahon chempionati va 2013 yilda Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan Yopiq binolardagi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun mamlakat terma jamoasini shakllantirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi.

Chempionat va alohida turnirlar o‘tkazilish masalalarini, har bir o‘yin bo‘yicha qoidalarni muhokama etish forumida

“Bilayn” o‘yin serverlari http://games.beeline.uz/

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top