Infocom.uz

UСELL VA PAXTAKOR ENDI HAMKORLAR

Shartnomaga ko’ra, UCell doimiy ravishda futbol klubiga homiylik ko’magini amalga oshiradi, “Paxtakor” futbol klubi va uning o’yinchilari esa UCellning ijtimoiy va reklama aksiyalarida ishtirok etadilar. Bundan tashqari, UCell savdo belgisi “Paxtakor” FK ishtirok etayotgan barcha o’yin va tadbirlarda targ’ibot qilinadi. Homiylikdan tashqari, UCell va “Paxtakor” FK mamlakatimizda futbolni targ’ibot etishga qaratilgan turli tadbirlar amalga oshiradilar.

“Paxtakor” FK 2009 yilni oliy liganing 2-nchi o’rnida yakunladi va joriy yilda yahshi natijalar korsatmoqda. UCell bilan hamkorlik futbol klubiga mamlakat va halqaro miqiyosda yanada ulkan yutug’larga erishishga yordam beradigan omillardan biridir.

““Paxtakor” – O’zbekiston futbolining fahri va mazkur klub bilan hamkorlik kompaniyamiz amalga oshiradigan ijtimoyiy faoliyatining yanada yuqori bosqichidir. “Paxtakor” klubini qo’llab-quvvatlab, biz O’zbekiston sportini tarraqqiy etishga, sog’lom hayot tarzini targ’ibot qilishga o’z hissamizni qo’shmoqdamiz. Biz klub jamoasining iqtidorini yuqori baholaymiz, ularning mahorati va kelajakdagi yuksak yutug’lariga ishonamiz,” – dedi janob Oguz Memiguven, XK “COSCOM” MChJ Bosh direktori. «Futbol – bu ruhan va jismonan kuchli insonlar sporti, jamoaning bir tan, bir jon bo’lib ishlashi, qatt’iyatlik va qiyinchiliklardan qo’rqmaslikdir. Ushbu fazilatlar bizning kompaniyamizga ham tegishli, shuning uchun UCell faoliyati va futbol kabi sportning o’hshashliklari ko’p».

UCell sport va boshqa ijtimoiy sohalarni ko’p yillardan beri qo’llab-quvvatlaydi. Har yili kompaniya turli sport loyihalari, sport federatsialarga, bolalar sportiga homilylik yordamini ko’rsatib keladi. Va UCell uchun “Paxtakor” futbol klubi bilan hamkorlik – bu nafaqat milliy futbol taraqqiyotiga ko’mak, balki sog’lom hayot tarzini targ’ibot etish, yoshlarni sport va jismoniy tarbiya bilan shug’ullanishga jalb qilish uchun yordam beradigan

[note]UCell haqida

XK COSCOM MChJ 1996 yil tashkil topgan. 2008 yil iyun’ oyidan boshlab O’zbekiston Respublikasida UCell savdo belgisi ostida uyali aloqa hizmatini ko’rsatadi. 2009 yil ohiriga kelib kompaniyaning abonentlari soni 5 milliondan ortdi (O’zbekiston Respublikasi abonentlar sonini ro’yhatga olish tartib-koidasiga asosan).

UCell Evropada etakchi telekommunikatsiya operatori TeliaSonera tarkibiga kiradi. TeliaSonera Skandinaviya, Boltiqbo’yi davlatlari, Ispaniya va Evroosiyodagi rivojlanayotgan davlatlarda, shu jumladan Rossiya va Turkiyada faoliyat olibboradi. Bugungi kunda TeliaSonera umumiy aholisi 460 milliondan iborat 20-ta davlatda ish yuritadi. 2009 yil natijalariga ko’ra, TeliaSonera aksiyalariga egalik qiluvchi kompaniyalar 147,6 million aholiga hizmat qilib kelmoqda. 2010 yil fevral oyi natijalariga ko’ra, TeliaSoneraning bozor qiymati 30 milliard AQSh dollariga teng.

TeliaSonera Evrosiyoning taraqqiy etayotgan bozorlarida Qozog’iston (Kcell), Ozarbayjon (Azercell), Gruziya (Geocell), Moldova (Moldcell), Tojikiston (Tcell), O’zbekiston (UCell), Nepal (Ncell) va Kambodjada (Star-Cell) etakchi ujali aloqa operatorlarining asosiy akciyadorlik kapitaliga ega. Bundan tashqari TeliaSonera Rossiyadagi MegaFon hamda Turkiyadagi Turkcell kompaniyalarining minoritar akciyalariga ega. [/note]

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top