Infocom.uz

“Unitel” MCHJ bosh direktori Andrey Safronyuk bilan blits-intervyu

– Bilasizmi, men bu masalada Aleksandr Izosimovning fikrlariga qo‘shilaman. U yaqinda bergan intervyusida xuddi shu savolga javob berar ekan, bu borada shunchaki javobning o‘zi yo‘qligini qayd qildi. Shubhasiz, yirik birlashgan kompaniyaning menejerlari va xodimlari kengaytirilishni ijobiy qarshi oladilar. Sarhadlarni kengaytirish uchun kuchli drayv va istaklar mavjud. Yaqinda bizning boshqaruv jamoamiz Amsterdamda “Vimpelcom Ltd.”ning boshqa davlatlardagi top-menejerlari bilan uchrashdilar va bu birinchi uchrashuv biznesni eng kengaygan geografiyasiga qaramasdan, istiqbolga bo‘lgan qarashlarimiz bir xilligini ko‘rsatib berdi. Bundan tashqari, korporativ madaniyat borasida biz juda o‘xshashmiz. Mamlakatlar darajasida ko‘zga tashlanadigan sinergiyalar haqida gapiradigan bo‘lsak, bu haqda bir narsa deyishga hali erta. Bitim amalga oshirilganidan buyon uch oydan kam vaqt o‘tdi, shuning uchun kengaytirilshning aniq natijalari yil yakunlari bo‘yicha namoyon bo‘ladi.

– U holda birinchi chorakning moliyaviy yakunlari haqida gapirib berishni taklif qilaman. “Bilayn”ning O‘zbekistondagi bozori muvaffaqiyatlari nuqtai nazaridan juda qiziqarli holat mavjud: barcha uchta operatorlardan faqat sizlargina asosiy ko‘rsatkichlarni o‘tgan yil darjasida saqlab qolishga, qator parametrlar bo‘yicha ikki xonali raqam o‘sishiga muvaffaq bo‘ldinglar. Muvaffaqiyatning siri nimada?
– Agarda siz aniq formulani nazarda tutayotgan bo‘lsangiz, unday emas. Bu davr mobaynida biz abonentlar uchun birinchi bo‘lib yangi servislarni taklif qilgan holda o‘ta faol harakat qilishga intildik. Agressiv marketing qadamlari bilan to‘qnashgan holda, ularning yo‘lidan yurmadik. Nostandart va ko‘pincha assimetrik javoblar ishlab chiqdik. Biz ustuvorliklarni to‘g‘ri belgilab oldik va har kim o‘z ko‘ngliga mos taklifni tanlab olishga imkon beradigan qulay tariflar ro‘yxatni ishlab chiqdik. Bundan tashqari, bu oylarda biz keng tarmoq qurilishi ishlarini olib bordik. So‘rovlar shuni ko‘rsatadiki, “Bilayn” sifatli xizmatlar operatori mavqeini saqlab qolmoqda.

– Ya’ni, Sizlar ilgaridagidek o‘tgan yilda shakllantrilgan, kompaniya muvaffaqiyatining asosiy ko‘rsatkichi – bu uning moliviyaviy natijasi, degan pozitsiyaga sodiq qoldinglar?
– Shubhasiz, bu shunday. Bundan tashqari, operatorning ijobiy moliyaviy holati avvalambor, mijozlar uchun juda katta ahamiyatga ega, chunki ular kompaniyaning taraqqiyoti uchun investitsiyalarni kafolatlaydi.

– Masalan, uchinchi avlod tarmog‘idami?
– Aynan. Birinchi yarim yillikda biz 2011 yilga rejalashtirilgan 3G baza stansiyalarining katta qismini qurib bitirdik. O‘zbekistonning o‘nlab shaharlarini qamrab olidik. Hozirgi paytda ularni tijoriy ekspluatatsiyaga tushirish jarayoni ketmoqda.

– Dilerlar borasida nima deya olasiz? “Bilayn” doimo o‘zining tashqi savdo tarmog‘iga bo‘lgan alohida e’tibori bilan ajralib turgan.
– Bu bizning strategik loyihalarimizda shunday bo‘lib kelgan va davom etadi ham. Hozirda biz O‘zbekiston bo‘yicha faoliyat olib borayotgan dilerlik tarmog‘i negizida eksklyuziv salonlarni joriy qilish dasturini amalga oshirmoqdamiz. Bir oy oldin poytaxtdagi “InterContinental” mehmonxonasi qarshisida ochilgan salon birinchi punktlardan bo‘ldi. Rejalar bo‘yicha, ushbu shoxobchalarda abonentlarga bizning shaxsiy ofislarimizda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning deyarli hammasi ko‘rsatiladi. Maqsad – servisni kengaytirish, pirovardda esa – uning qulayligi.

– “Bilayn” korporativ sahifalarini eng yirik ijtimoiy tarmoqlarda ishga tushirishni ushbu yo‘nalishdagi qadam deb hisoblasa bo‘ladimi?
– Albatta. Facebook va Twitter kompaniyasini faol ilgari surish aynan shu yili boshlandi va bir necha oylar mobaynida internet-hamjamiyatning ushbu tashabbusga ijobiy munosabatini ko‘rmoqdamiz. Bizning holatimizda ijtimoiy tarmoqlar bir qator sevis va marketing vazifalarini tez hamda samarali bajarishga imkon beruvchi kommunikatsiyaning noyob kanali hisoblanadi. Bundan tashqari, biz auditoriyaning smart users ta’rifi mos keladigan eng aktiv va ilg‘or qismi bilan ish ko‘rayotganligimizni faxmlamoqdamiz. Bu ulardan bo‘lgan qayta aloqani qadrini oshiradi. O‘z-o‘zidan ushbu muhitda samarali ishlash alohida uslubni – so‘rovlarga tezkor javob qaytarish, eksklyuziv kontent, interaktivni talab qiladi va biz buning uddasidan chiqmoqdamiz, deb hisoblayman.

beel_27_07_2011_1

– Bugungi kunda “Bilayn” Facebookning o‘zbek segmentida birinchi raqamli brend ekanligi sir emas. Ijtimoiy tarmoqlarni PR yoki marketing vositasi sifatida ishlatish misollari bormi?
– Bunaqa misollar bizda talaygina. Yaqinda Facebookdagi Yorqinlar Hamjamiyati ishtirokchilari dilerlik tarmoqlarimizning xufyona auditlarida ishtirok etdilar. Bunda ular salonlarimzda nazorat savdolarini amalga oshirdilar va ularni qator parametrlar bo‘yicha baholadilar. Bundan tashqari, fevrladagi hodisa esga tushadi. Unda 3G-modemlarning yangi yildagi o‘ta katta talab bilan bog‘liq bir haftalik taqchilligidan keyin, nihoyat devayslarning yangi partiyasini qo‘lga kiritdik. Bu shanba kuniga to‘g‘ri keldi va biz birinchi navbatda abonentlarni Facebook sahifalari orqali ogoh qildik, chunki eng tezkor yechim shundan iborat edi. Kunlik savdo natijalaridan bu kabi kommunikatsiya samarasining guvohi bo‘ldik.

– 3G-modemlar haqida gap ketar ekan: haqiqatan ham “Bilayn” ushbu segmentdagi savdoning yetakchisimi va mazkur xizmatni ilgari surish strategiyasi nimadan iborat?
– Bizning ma’lumotlarga ko‘ra “Bilayn” modemlari iste’molchilar o‘rtasida ommalashagan bo‘lib, buning sabablari bir nechta. Eng avvalo, “Bilayn” – 3G-uskunalarni ilgari surish bo‘yicha tarixiy yetakchi: biz ularni O‘zbekistonga yetkazib berishni 2008 yilda boshlagan edik va o‘sha paytda bu haqiqatan ham katta qadam, mobil KPUda yangi so‘z bo‘ldi. Bundan tashqari, operatorni tanlashda birlamchi faktor signal sifati hisoblanadi va biz 3G tarmog‘ini kengaytirish hamda modernizatsiyalash doirasida olib borayotgan faoliyatimiz bu borada jozibali ko‘rinishimizga imkon beradi. Qolganlari esa – marketing. Aytib o‘tganimdek, 2012 yilning oxiriga qadar oylik trafik taqdim qiluvchi “USB-bonus” aksiyasi vaqtinchalik modemlar taqchilligini yuzaga keltirib, biz kutgandan ham ortiq natijalarni berdi. Bahorda bozorda narx qarama-qarshiligi yuzaga keldi va biz strategiyani qayta ko‘rib chiqdik. Bunda hali hech kim qilmagan yanada arzon narxni taklif etdik.

– Deyarli bir paytning o‘zida “Klik” bazali internet-tarifida o‘zgarishlar kuchga kirdi, to‘g‘rimi?
– Bu shunday: “Klik Maksi” xizmati yordamida biz Megabayt narxini ilgari hech bo‘lmagan $0,002 ga tushirdik – bu 3 so‘mdan sal oshadi. Gap tungi Internet haqida bormoqda, biroq boshqa tariflar ham jiddiy pasaytirildi.

beel_27_07_2011_2

– Bu Internet tezligiga ta’sir qilmadimi?
– Yo‘q, chunki biz tariflar va xalqaro kanallarning joriy sig‘imi o‘rtasida balans ushlab turamiz. Hozircha bizning resurslar bizga ulanishlar tempini oshirishga va, hatto “Beeline Club” dasturi doirasida bonusli GPRS-paketlar qo‘shilishiga imkon bermoqda.

– Aytgancha, ushbu loyiha qanday rivojlanmoqda? 2 millionta ishtirokchi ko‘rsatkichiga erishdinglarmi?
– Ushbu ko‘rsatkichga avgustda erishishni rejalashtirmoqdamiz. Rivojlanish borasida gapirganda esa, “Beeline Club” kompaniya tarixida eng muvaffaqiyatli va ommaviy bonusli dasturlardan biriga aylandi. Bu yili imtiyozlar ro‘yxati jiddiy ravishda kengaytirildi va yaqin kunlarda uning barcha ishtirokchilarini yangi takliflar kutmoqda.

– Yil boshida “Bilayn” birinchi raqamli rouming-operatorga aylandi. Bugungi kunda kompaniya rouming-hamkorlarining soni nechta?
– Butun dunyo bo‘ylab qariyb 400 operatorlar bilan hamkorlik kelishuvlari imzolangan: bu ham ovozli, ham GPRS-, ham 3G-rouming. Bundan tashqari: 20 iyun kuni biz “Yarim narxga rouming” xizmatini ishga tushirdik. Bu “Bilayn” zonasining oltita mamlakatida rouminga bo‘lgan xarajatlarni ikki marotaba pasaytirish imkonini beradi. Ular Rossiya, Qozog‘iston, Armaniston, Gruziya, Qirg‘iziston va Tojikiston.

beel_27_07_2011_3

– “Bilayn” mas’uliyatli ish beruvchi imidjiga ega. Va ehtimol, mazkur masalada aktiv pozitsiyani egallovchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Gap “Uchinchi avlod” dasturi haqida bormoqda. Uning doirasida kompaniya studentlar ichidan stajerlarni jalb qilmoqda. Loyiha bu yili qanday rivojlandi?
– Bu birinchi bor 2009 yilda Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti negizida ishga tushirilgan dasturning uchinchi mavsumidir. O‘sha paytdan e’tiboran Oliy o‘quv yurtlari kabi, stajerlarni qabul qilayotgan “Bilayn” ning bo‘linmalari soni ham ko‘paydi. Hozirda kompaniyada TATU, Xalqaro Vestminster universiteti va Singapur Instituti bitiruvchilari stajirovka o‘tamoqdalar. Ularning har biri o‘qish va amaliyot natijalari bo‘yicha keyinchalik ishga joylashishni rejalashtirishlari ham mumkin va ushbu amaliyot o‘zini to‘la oqlamoqda Biz mazkur loyiha istiqboliga to‘la ishonamiz va uni o‘zimizning ijtimoiy strategiyamizni amalga oshirish doirasida davom ettirish niyatidamiz

– Unda Siz intervyuda bo‘lmasiligi mumkin bo‘lmagan an’anavaiy savol: birinchi yarim yillikda qandy ijtimoiy faolliklar amalga oshirildi?
– Bu borada biz yetarli darajada bosqichma-bosqich ish olib boramiz, shuning uchun sizga yangi xabarni berishim qiyin. Yaqinda kompaniya mazkur yo‘nalishdagi faoliyati to‘g‘risida hisobot berdi: 2011 yilning birinchi olti oyi mobaynida xayriya maqsadlariga 300 million so‘m yo‘naltirildi. Biz uchun an’anaviy yo‘nalishlar – bu sport, ta’lim va madaniyatni qo‘llab-quvvatlash va bu yerda biz uchun ustuvor vazifa –Bolalar sportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda bu yili Vishvanatan Anand va Rustam Qasimjonov o‘rtasida matchni tashkillashtirgan Shaxmat federatsiyasi bilan hamkorlik qilish hisoblanadi. Bundan tashqari, biz “Nuroniy” jamg‘armasi bilan hamkorlikni qadrlaymiz. Bu bizga ketma-ket ikkinchi yil Xotira va qadrlash kuni arafasida Ikkinchi jahon urushi faxriylari uchun tantanali qabul marosimlarini tashkil etishga imkon bermoqda. Va nihoyat, biz mamlakatni internetlashtirishga katta e’tibor qaratmoqdamiz – asosiy faoliyatimizdan tashqari, ushbu loyihalar yo‘nalishlariga turlicha ko‘maklashmoqdamiz. May oyining oxirida “Bilayn” Toshkentdagi BarCamp Uzbekistan 2011 xalqaro anjumanining Bosh hamkori bo‘ldi. Unga dunyoning Google, Opera Software, Yandeks kabi yetakchi va boshqa kompanyailar vakillari tashrif buyurdilar.

beel_27_07_2011_4

– Internetlashtirish haqida so‘z borar ekan, bugungi kunda “Bolalar uchun Mobil Internet” aksiyasi faol muhokama qilinmoqda…
– Ha, mazkur aksiya O‘zbekistonning barcha viloyatlarida bo‘lib o‘tmoqda va uning mohiyati xodimlarimiz “Bilayn” USB-modemlari yordamida ilgari Tarmoqqa ulanmagan chekka tumanlardagi qishloq maktablari, internatlar va Muruvvatlik Uylarining kompyuter xonalarini Internetga ulashidan iborat. Bolalar ko‘zlaridagi qiziqish va quvonchlar mazkur loyiha to‘g‘ri qarorligidan darak beradi. Ishonamanki, bu bizning yana bir xayrli an’anamizga aylanadi.

– O‘quvchilarimizga “Bilayn”ning ikkinchi yarim yillikdagi rejalari haqida so‘zlab bering.
– Sizlarni yangi tariflar va innovatsion xizmatlar, ya’ni bizning eng yaxshi mahsulotlarimiz kutmoqda. Eng asosiysi esa – yaqin kunlarda biz bu yili qurilgan yangi baza stansiyalarini ishga tushiramiz. Ishonchim komilki, bu mamlakat aholisiga O‘zbekiston Mustaqilligini 20-yilligi munosabati bilan ajoyib sovg‘a bo‘ladi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top