Infocom.uz

“Unitel” MCHJ moliya direktori etib Karen Karapetyan tayinlandi

Tayinlovni sharhlar ekan “Unitel” MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk quyidagilarni qayd qildi: “Karen Armanistonda allaqachon “Bilayn”ning Moliya direksiyasiga katta hissa qo‘shib bo‘lgan. Ishonamanki, uning turli jabhalardagi tajribasi va professionalizmi, shuningdek, biznesni rivojlantirishga yo‘nalganligi komnayaning yuqori natijalarga erishishiga yordam beradi”.

“Jadal rivojlanish sharoitida kompaniya moliyasnini boshqarish – jiddiy vazifa, – qayd etdi Karen Karapetyan. – Shubhasiz, biznes samaradorligini yanada oshirish asosiy ustuvor vazifa hisoblanadi. Daromad va trafikning ikki xonali ko‘rsatkichlari – bu shu o‘rinda chorlash ham hisoblanadi, chunki bu kabi parametrlarni an’anaviy yuqori sifat bilan birga ushlab turish yanada ko‘proq investitsiyalarni talab qiladi. Direksiyamizning asosiy maqsadi – biznesning moliyaviy barqarorligi, buning uchun esa birinchi navbatda muvozanatlashtirilgan byudjet talab qilinadi”.

Karen Karapetyan 1975 yil 28 may kuni Yerevanda tug‘ilgan. 1997 yilda Yerevan Davlat Iqtisodiyot Universitetini “Jahon iqtisodiyoti” mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan. O‘zining mehnat faoliyatini Karen Armaniston Respublikasning Markaziy bankida pul aylanmasi bo‘yicha mutaxassis lavozimidan boshlagan. 2002 yilda ushbu moliya tashkilotida ichki auditor lavozimiga tayinlangan va unda 2007 yilga qadar faoliyat ko’rsatgan. 2007 yil aprel oyida Karen “Bilayn”ning Armanistondagi jamoasiga kirdi va yaqin kungacha Ichki audit hamda xatarlarni boshqarish boshqarmasiga muvaffaqiyatli ravishda rahbarlik qilib keldi. Karen va uning jamoasining vazifalariga kompaniyada ichki auditni o‘tkazish, uning ishini SOX404 talablariga mos ravishda olib borishni ta’minlash, rahbariyat va tashqi audit bilan o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtirish, xatarlarni boshqarish dasturini ishlab chiqish va joriy qilish kirar edi.

Karen Karapetyan, shuningdek, Tafts universitetining Fletcher maktabida (Boston sh., AQSH) va Birlashgan Vena Institutida (Vena sh., Avstriya) iqtisodiyot hamda moliya sohasida maxsus dasturlar bo‘yicha ta’lim olgan.

Oilali, ikkita farzandi bor. Ishdan va professional o‘sishdan tashqari vaqtlarda Karen suzish bilan shug‘ullanadi, Klod Mone va boshqa rassom-impressionistlar asarlarini o’rganadi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top