Infocom.uz

Upwork platformasida ish yuritayotgan O‘zbekistonlik frilanserlar

Upwork – bu frilanserlar va kompaniyalar uchun bir-birini topish va turli loyihalarda hamkorlik qilish uchun platforma hisoblanadi. Mazkur platformada o‘z faoliyatini olib orayotgan O‘zbekistonliklar haqida tadqiqotlar “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” tomonidan olib borildi va u bilan sizni tanishtiramiz.

Upwork frilanserlar soni bo‘yicha ish yuritishda katta platformalardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda dunyoning
18 mln.dan ortiq ro‘yxatdan o‘tgan frilanserlari ushbu platformada ro‘yxatdan o‘tgan.

Dunyodagi foydalanuvchilar orasida O’zbekistonlik frilanserlarning ko‘rsatkichi 2022-yilda 5000 ta atrofida bo‘lgan bo’lsa hozirgi kunga kelib mazkur sonlar 7000 tani tashkil etyapti. Bu sonlarning o’sishida foydalanuvchilarning IT sohasiga qiziqishi oshib borayotganinig yaqqol dalili desak mubolag’a bo’lmaydi.

Shundan 2022-yilda 649ta foydalanuvchi faol bo’lgan bo’sa 2023-yilga kelib 1273 tani tashkil etib foydalanuvchilar soni 96%ga o’sganini ko’rsatadi. Umumiy foydalanuvchilar sonidan ayollar 2022-yilda 190 tani erkalar esa 540 tani tashkil etgan bo’lsa, 2023-yil oxiriga kelib ayollar 206 tani erkaklar esa 1067 tani tashkil etmoqda.

Yuqoridagi tadqiqot natijalariga ko’ra O’zbekistonlik frilanserlar orasida o’sish 40% ortganini ko’rishimiz mumkin. Mazkur umumiy o’sish ko’rastkichlari viloyat kesimlarida quyidagi ko’rinishda taqsimlangan.

Yuqoridagi rasmda hududlar kesimida frilanserlarning 2022-yil va 2023-yildagi holati taqqoslangan. 2 yilga yaqin davr ichida deyarli barcha viloyatlarida frilanserlaning soni deyarli 2 barobarga oshganini kuzatishimiz mumkin. Qolgan viloyatlarga nisbatan Toshkent shahrida 15% o’sish kuzatilgan. Mazkur ko’rsatkich foizlarda kam bo’lgani bilan 81 tani tashkil etadi.

Sohalar kesimida bir qator sohalarga talab kamaygani boshqalariga esa ortganini payqash mumkin. Bunda:
Ma’lumot kiritish yo’nalishi 2022-yildagiga qarganda 2%ga tarjimonlik esa 6% ga pasaygan. IT mutaxassisi va dizaynerlik sohasi esa katta hajmdagi foydalanuvchilar kasbiga kirgan. Ushbu yo’nalishlar 1% dan o’sgan.

Hamyurtlarimizdan eng yuqori daromadni Xasan R. topgan bo’lib 2022-yilgacha 500,000 AQSh dollarini tashkil etgan bo’lsa 2023-yilga kelib yana 100,000 AQSh dollari ishlab topgan. Yuqoridagi rasmdan eng ko’p daromdam topgan O’zbekistonlik frilanserlarni ko’rishingiz mumkin.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top