Infocom.uz

“USB-modem Bilayn” xizmatining yangi foydalanuvchilari uchun “Mobilniy TAS-IX” aksiyasi boshlandi

“Biz mijozlar nomidan TAS-IX zonasi saytlaridan foydalanishni arzonlashtirilishi to‘g‘risida ko‘plab iltimoslarni olamiz, – qayd qiladi “Unitel”ning Ommaviy bozorini rivojlantirish bo‘yicha tijorat direktori Marat Serikov. – Agarda simli Internet foydalanuvchilarida “Bilayn TAS-IX” xizmati mavjud bo‘lsa, 3G-devays egalarida shu kungacha bunday imkoniyat bo‘lmagan. Ishonamanki, yangi aksiya ko‘plab abonentlar uchun “USB-modem Bilayn” xizmatiga ulanishga chorlaydigan qo‘shimcha rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi.”

“Mobilniy TAS-IX” aksiyasi faqatgina 2011 yil 26 iyuldan 31 oktyabrga qadar “USB-modem Bilayn” xizmatini yoqtirgan “Klik” tarifi va “Klik Maksi” opsiyasi abonentlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, oktyabr oxirigacha amal qiladi. “USB-modem Bilayn” xizmatini yoqtirish bahosi keyingi xarajatlar hisobiga balansga o‘tkaziluvchi dastlabki to‘lov qiymati – 4000 so‘mni ichiga olgan holda 55000 so‘mni tashkil qiladi.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top