Infocom.uz

Uсell: Samsung smartfonlik yangi paketlar

Ma’lumki, joriy yilning 16 iyun kuni Ucell o‘z korporativ brendining o‘zgartirdi vas u sababli o‘z mijozlarig ko‘pgina yangi takliflarni, shu jumladan “Marg‘ilon” va “Semurg‘” paketlarini taqdim etdi. Bu O‘zbekistan bozorida Samsung Electronics korporatsiyasi bilan xamkorlikda amalga oshirilgan birinchi o‘ziga hos paketlardir. Press konferentsiyada Ucell, Samsung Electronics va Google TUG rasmiy vakillari yangi paketlar, ular ichida taklif etilayotgan Samsing smartfonlari va Android operatsion tizimi haqida batafsil ahborot berdilar.

ucell_27_06_2011

“Biz uchun Samsing kabi jahonda mashxur mobil aloqa jihozlarini ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan hamkor bo‘lish katta voqea”. – dedi Ucell boch direktori j-b Oguz Memiguven. “Ucell doimo o‘z abonentlariga zamonaviy va sifatli mobil jihozlarni taqdim etishga harakat qiladi va Samsung bilan hamkorlik shunin dalolatidir”.

“Biz aynan Ucell bilan xamkorlikni boshlaganimizdan xursandmiz. Ma’lumki, Ucell O‘zbekistonda juda faol ish olib boradi va o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘ygan, Samsung Electronics ham aynan shunday maqsadlarga ega. O‘zbekistondagi mijozlarga sifatli va qiymat jihatdan jozibador jihoz va xizmatlarni Ucell bilan birgalikda taklif etish biz uchun sharafdir”. – dedi j-b Texan Kim, “SAMSUNG ELECTRONICS CO., LTD.” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolathonasi rahbari.

ucell_27_06_2011_1

“Marg‘ilon” to‘plami quyidagilardan iborat: Android 2.2 (Froyo) operatsion tizimida ishlaydigan Samsung Galaxy S I9003 (LATONA) smartfoni, unda 5 MP avtofocus kamera, 480×800 pikselga ega Super Clear LCD 4 dyumlik displey va barcha aloqa vositalari – WLAN, Wi-Fi, Bluetooth va boshqalar mavjud.

Bundan tashqari, abonent hohishiga ko‘ra Prepaid tizimining ulanish uchun ochiq bo‘lgan istalgan tarifidagi SIM-karta, abonent hisobiga bonus sifatida $200 va 2GB SD-karta beriladi. Bonus mablag‘larini tarmoq ichidagi chiqish qo‘ng‘iroqlari, O‘zbekiston bo‘yicha SMS va MMSlarga hamda Ucell Internet xizmatiga sarflash mumkin. Bonuslarning amal qilish muddati ulanish kunidan boshlab 30 kun. To‘plam narxi – 1 249 000 so?m.

“Semurg‘” to‘plami quyidagilardan iborat: Android 2.2 (Froyo) operatsion tizimida ishlaydigan Samsung Galaxy ACE S5830 smartfoni, unda 5 MP kamera, 320×480 pikselga ega TFT 3.5 dyumlik displey va barcha aloqa vositalari – WLAN, Wi-Fi, Bluetooth va boshqalar mavjud.

ucell_27_06_2011_2

Bunga qo‘shimcha ravishda, abonent hohishiga ko‘ra Prepaid tizimining ulanish uchun ochiq bo‘lgan istalgan tarifidagi SIM-karta, abonent hisobiga bonus sifatida $150 va 2GB SD-karta beriladi. Bonuslarning amal qilish muddati ulanish kunidan boshlab 30 kun. To‘plam narxi – 839 000 so?m.

Shuni alohida takidlab o‘tish joizki, yuqorida aytib o‘tilgan paketlar ichida taklif etilayotgan Samsung Galaxy S va Samsung Galaxy Ace smartfonlari Ucellning yangi brendiga to‘la moslashtirilgan, jumladan ular orasida smartfonni yoqib/o‘chirgan paytda Ucell logotipi, Ucell ringtonlari, rasmlar, Internet/MMS ko‘rsatkichlari, truly dasturlar, Ucell Internet portallariga aloqa va ko‘pgina boshqa imkoniyatlar kiradi.

«Marg‘ilon» va “Semurg‘” paketlariga ulanish Ucell abonentlarga hizmat ko‘rsatish ofislarida va dilerlar punktlarida amalga oshiriladi. Barcha narxlar QQS bilan ko?rsatilgan.

Bu va boshqa takliflar haqida batafsil axborotni Ucell abonentlarga hizmat ko‘rsatish ofislari va www.ucell.uz Internet sahifasidan olish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top