Infocom.uz

Uzum startapi 1,16 milliard dollar qiymat bilan O’zbekistondagi birinchi “UNICORN” kompaniyasiga aylandi.

Onlayn-shopping, fintex va oziq-ovqat yetkazib berish kabi xizmatlarni taklif qiladigan Uzum kompaniyasi o’z faoliyatini 2022-yil Oktabr oyida boshlagan.

Bugungi kunda 8 milliondan ortiq faol foydalanuvchilar va 9000 dan ko’p savdogarlar 600,000+ SKU (zaxira saqlash birligi) tovarlarini sotadi. Shahardagi eng katta bozor bilan solishtirganda, u yerda taxminan 700,000 SKU mavjud. Faoliyatning boshida, startap 150 million AQSh dollari yalpi tovar qiymat (GMV)ga ega bo’ldi va bu yilning oxirigacha, ushbu ko’rsatkichni 300 million AQSh dollariga yetishi kutilmoqda.

“Smartfonlardan foydalanish darajasi yuqoriligi va Telekom infratuzilmasi mavjudligiga qaramasdan elektron tijorat yoki fintex yo’qligi bizni hayratga solgan edi”,- deydi Uzum asoschisi va bosh direktori Jasur Jumayev.

Jumayev Amazon ko’plab davlatlarda amalga oshirgan usulni: logistika va yetkazib berishni o’ziga jamlagan yaxlit bozorni O’zbekistonga tatbiq etdi. Uzum o’zining logistika parkini va keyinchalik yetkazib berish punktlarini tashkil etdi.

Bozorni katta qismini egallagandan so’ng, startap hozir sotib ol va keyinroq to’la (BNPL) mahsuloti bilan FinTex sohasiga kirib keldi. Elektron tijorat operatsiyalarining taxminan 45% dan 50%gacha qismi BNPL yechimi orqali amalga oshiriladi.

“Mijozlarni elektron tijoratga jalb qilganimiz sababli, ularni 100% raqamlashtirilgan “daily banking” kabi yuqori tranzaksion kompaniyalari orqali ushlab turamiz. Biz ularni 100% Shariatga to’g’ri keladigan kredit sistemasiga monetizatsiya qilamiz va bu O’zbekiston aholisining 85% ga ma’qul keladi”, deb ta’kidladi Uzumni strategiya va biznes rivojlantirish direktori Nikolay Seleznev.

Uzum yangi moliyalashtirishning uchdan ikki qismini FinTech biznesi uchun va uchdan bir qismini elektron tijorat tarmog’i uchun ishlatishni rejalashtirmoqda. Jismoniy shaxslarga, shuningdek, kichik va o’rta korxonalarga kafolatsiz kredit berish uchun yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish, o’z IT va logistika infratuzilmasiga sarmoya kiritish ham rejalashtirilgan.

Shu yilning oxirigacha, Uzum barcha bizneslarini ikkita ilovaga birlashtirishni rejalashtirmoqda: biri iste’molchilarga yo’naltirilgan takliflar uchun, ikkinchisi biznesga yo’naltirilgan mahsulotlar uchun. Shuningdek, kompaniya shu yilning iyun oyida dastlab 112 000 kvadrat metrni tashkil etgan “eng yirik” logistika kompleksini ishga tushirishni maqsad qilgan

Manba

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top