Infocom.uz

VimpelKom Djo Lunder Bosh boshqaruvchi diretkor lavozimiga tayinlanganligini va kelgusi aksionerlar yig‘ilishida kuzatuv kengashiga saylash uchun nomzodlar ro‘yxatini e’lon qiladi

Kompaniya Kuzatuv Kengashining yangi Raisi lavozimiga Kompaniyaning Kuzatuv Kengashi bir ovozdan VimpelKomning hamta’sischisi va Direktorlar Kengashining faxriy Raisi Ogi K.Fabela nomzodini taklif qildi. Bu kelgusi VimpelKom Aksionerlarining Yillik Umumiy Yig‘ilishi (“AYUY”) tomonidan Kuzatuv Kengashiga nomzodlar ro‘yxati tasdiqlanganidan va undan keyin Kuzatuv Kengashi tomonidan uning nomzodi ma’qullanganidan so‘ng amalga oshiriladi.

Kompaniyaning Kuzatuv Kengashi 2011 yil AYUYda Kuzatuv Kengashi tarkibiga quyidagi nomzodlarni saylashni tavsiya qildi: Ogi K.Fabela II, Mixail Fridman, Kell Morten Yonsen, Xans Peter Kollxamer, Oleg Malis, Leonid Novoselskiy, Aleksey Reznikovich, Ole B’orn S’yulstad va Yan Edvard Tigesen.

Kuzatuv Kengashi AYUY da ishtirok etish huquqiga ega aksionerlar ro‘yxatini tuzish sanasini belgilaydi va AYUY materiallarini kechroq, joriy oy mobaynida tarqatilishini tasdiqlaydi.

Aleksandr Izosimov uzoq yil samarali faoliyatdan keyin Kompaniyani tark etmoqda. Uning rahbarligi ostida VimpelKom dunyodagi eng yetakchi telekommunikatsion kompaniyaga aylandi. 2003 yil oktyabrda “VimpelKom” OAJ Bosh direktori lavozimiga tayinlangan vaqtdan boshlab, Aleksandr Kompaniyani taraqqiyotning yangi jabhalari bo‘ylab boshqardi – avvalo Rossiyaning o‘zida, keyinchalik MDH, Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlarida, yaqindan boshlab esa, G‘arbiy Yevropa va Afirikada. Aleksandr, shuningdek, VimpelKom birlashgan telekom operatoriga aylanish jarayoniga rahbarlik qildi. Bunda Kompaniyaning mahsulot paketi qo‘zg‘almas aloqa va Kompaniyaning mobil operatsiyalariga qo‘shimcha sifatida Internetga keng polosali ulanish hisobiga ancha kengaydi.

Djo Lunder 1999 – 2003 yillar mobaynida VimpelKomda Bosh direktor va Bosh operatsion direktor lavozimlarida muvaffaqiyatli faoliyat olib bordi. 2003 yildan u Direktorlar kengashining mustaqil a’zosi va avval “VimpelKom”da, oxirgi paytlarda esa VimpelKom Ltd.da uning Raisi lavozimda bo‘ldi. Janob Lunder 1993 yildan 1999 yilga qadar Telenor kompaniyasida va u bilan bog‘liq bo‘lgan kompaniyalarda turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Djo Lunder o‘zining rasmiy sharhlarida quyidagilarni qayd etdi: “VimpelKom Ltdga uning taraqqiyotining bu kabi keskin o‘zgarish paytida Bosh boshqaruvchi direktori sifatida rahbarlik qilish imkoniyati berilganidan mamnunman. Oxirgi yil mobaynida biz ikkita tarnsformatsion bitimlarni yakunladik. Ular VimpelKomni global miqyosdagi telekom operatoriga aylantirdi. Men VimpelKomni yangi marralarga erishtirishdan va operatsion natijalarga hamda konkret bozorlardagi pozitsiyalarimizga, OIBDA o‘sishiga, pul oqimiga va yaqin bir necha yil ichida kapitalga qaytishga alohida e’tibor qaratgan holda aksionerlarimiz uchun maksimal bahoni joriy qilishdan xursand bo‘laman”.
Janob Fabela 1992 yili “VimpelKom” OAJning hamta’sichisiga aylandi va 2003 yilga qadar Direktorlar kengashi Raisi lavozimini egallab keldi. 1996 yilda Ogi Fabela rahbarligi ostida “VimpelKom” Nyu-York fond birjasi listingiga kiritilgan birinchi Rossiya kompaniyasiga aylandi. Direktorlar kengashi lavozimida Ogi Fabela “Telenor” va “Alfa Grup”ni “VimpelKom” OAJning strategik aksionerlari sifatida jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi. 2003 yilda Ogi Fabelaga Direktorlar Kengashining Faxriy Raisi unvoni berildi va bu o‘rinda u Wind Telecom bilan birlashuvni o‘z ichiga olgan barcha strategik masalalar bo‘yicha Direktorlar Kengashi va menejment maslahtchisi vazifalarini bajarib keldi.

Ogi Fabela o’z xabarlarida quyidagilarni qayd qildi: “Men Aleksandr Izosimovga sakkiz yil davomida “VimpelKom” taraqqiyoti, kengaytirilishi va muvaffaqiyatlari borasida qo‘shgan hissasi uchun chin yurakdan minnatdorchilik bildirmoqchiman. Uning ishga bo‘lgan fiodoiyligi va uzoqni ko‘ra bilishligi “VimpelKom”ga global miqyosdagi yetakchi telekom operator pozitsiyasni egallash imkonini berdi”. “Men Djo Lunder bilan uning yangi Bosh diretor lavozimida hamkorlik qilishni boshlashdan mamnunman. Djo yagona strategik ko‘rish, global telekom-trendlar mohiyatiga chuqur yetish qobiliyatiga, katta global tajribaga ega va Kompaniyani bilan butunlay tanish bo‘lgan inson, – davom ettiradi Ogi Fabela. – O‘z tomonimdan VimpelCom Ltd Kuzatuv Kengashiga Wind Telecom bilan birlashish paytida rahbarlik qilish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan baxtiyorman. Barcha aksionerlarimiz manfaatlaridan kelib chiqib, Kengash bilan hamkorlikda ishlashni boshlashni intizorlik bilan kutmoqdaman”.

Batafsil biografik ma’lumotlar bilan www.vimpelcom.com rasmiy veb-saytda tanishishingiz mumkin
Djo Lunder
http://www.vimpelcom.com/cp/leadership/directors.wbp?id=df3bae63-6c57-42eb-9f94-e62a4b1e74f8
Ogi K.Fabela II
http://www.vimpelcom.com/cp/leadership/founders.wbp?id=d2583336-c67d-48c8-be32-cf890d139782

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top