Millicom Lao Co., Ltd. kompaniyasining qolgan 22% ulushi Laos XDR qarashli Respublika Moliya vazirligiga tegishli.
Sotib olish bo‘yicha bitim miqdori taxminan 66 mln. AQSh dollarini tashkil etadi hamda Millicom Lao Co., Ltd. kompaniyasining 102 mln. AQSh dollarilik miqdoridan kelib chiqadi.
“VimpelKom”ning Bosh boshqaruvchi direktori Boris Nemshich bayonet berdi: “VimpelKom”ning Laos bozoriga chiqishi bizning xalqaro ekspansiyamizni ro‘yobga chiqarishning navbatdagi mantiqiy qadamidir. Laos bozori bizning V’etnam va Kambodjadagi amalda bo‘lgan operatsiyalarimizga uyg‘unlashgan tarzda mos tushadi. Mazkur xarid Janubi-Sharqiy Osiyodagi qudratli klasterni yaratish borasidagi bizning strategiyamizga mos tushadi. 6,5 mln. aholisi bo‘lgan mazkur mamlakatda mobil aloqadan 23% aholi foydalanadi, bu esa o‘sish uchun katta imkoniyatdir”.
Bitimning to‘liq amalga oshirilishi bir qator shartlarning bajarilishiga (yoki rioya etishga bosh tortishdan) bog‘liq, jumladan domiy ravishdagi ma’qullashlarga bog‘liq. Agarda nazarda turilgan barcha shartlar bajariladigan bo‘lsa, bitimni 2009 yilning oxirigacha yakunlash ko‘zda tutilgan.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi