Infocom.uz

Vimpelkom Laosning uyali aloqa bozoriga chiqmoqda

Millicom Laos Xalq-Demokratik Respublikasida telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi Millicom Lao Co., Ltd. ning 78% iga ega. Bitimning bahosi Millicom aksiyalari uchun qariyb 65 mln. AQSH dollarini va qarz majburiyatlari, aksionerlik qarzni hamda ichki guruh qarzlarini to‘lash hisobiga qo‘shimcha qariyb 23 mln. AQSH dollarini tashkil qildi. Millicom Lao Co., Ltd ning qolgan 22% Laos Hukumatining mulki hisoblanadi. Millicomni sotib olish bo‘yicha shartnoma 2009 yil 16 sentyabr kuni imzolangan edi. Biroq, bitimni tugatish Laos Hukumati tomonidan tasdiqlanishiga qadar qoldirilgan edi.

VimpelKom Ltd.ning Bosh boshqaruvchi direktori Aleksandr Izosimov mazkur voqeani shunday sharhladi: “Laosdagi bitim o‘z nihoyasiga yetganini e’lon qilishdan behad mamnunmiz. Janubiy-Sharqiy Osiyo xalqaro kengayish strategiyamizni amalga oshirishda muhim qism bo‘lib qolmoqda. Janubiy-Sharqiy Osiyoning aloqa bozori katta salohiyatga ega va bu mintaqa taklif qilayotgan barcha afzalliklardan foydalana olishimizga ishonchimiz komil”.

[note]VimpelKom haqida ma’lumot
“VimpelKom Ltd.” guruhiga simsiz va qo‘zg‘almas aloqa texnologiyalari keng ko‘lami asosidagi tovushli aloqa hamda ma’lumotlarni uzatish, shuningdek Internetga keng polosali kirish xizmatlarini taqdim etuvchi aloqa operatorlari kiradilar. “VimpelKom Ltd.” guruhi shtab-kvartirasi Amsterdamda joylashgan. “VimpelKom Ltd.” guruhiga umumiy aholi soni 345 mln. kishini tashkil etgan Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Gruziya, Armaniston, Qirg‘iziston, Vetnam va Kambodjada operatsiyalarni amalga oshiruvchi kompaniyalar kiradi. “VimpelKom Ltd.” guruhi kompaniyalari “Bilayn” va “Kievstar” brendlari ostida xizmatlarni taqdim etadilar. “VimpelKom Ltd.” aksiyalari Nyu-York fond birjasi (NYSE)da VIP belgisi ostida kotirovaklanadi.[/note]

[tip]Millicom Lao Co., Ltd. haqida ma’lumot
Millicom Lao Co., Ltd.ga Millicom International Cellular S.A. bilan Laos Xalq-Demokratik Respublikasi o‘rtasidagi qo‘shma korxona sifatida asos solingan edi.

2003 yil aprel oyida GSM 900/1800 tarmog‘ida Millicom Lao Co., Ltd. tijorat operatsiyalari ishga tushirilgan edi. Ikki yildan so‘ng kompaniya tarmog‘i barcha asosiy shaharlarni qamrab oldi. Bugungi kunda Millicom Lao Co., Ltd. Laosdagi yetakchi mobil aloqasi operatorlaridan biri bo‘lib, 2011 yil fevral oyi yakunlariga ko‘ra 500 000 tadan ortiq kishilik abonent bazasiga va bozorning 25% ulushiga ega (Millicom Lao Co., Ltd. ma’lumotlariga ko‘ra).

Millicom Lao Co., Ltd. GSM 900/1800 standartida aloqa xizmatini ko‘rsatishga ruxsat beruvchi milliy litsenziyaga ega.[/tip]

Kelajakka oid xabarlar xususida ogohlantirish
Mazkur press-reliz 1995 yilda qabul qilingan, Xususiy kompaniyalarning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha sud jarayonini isloh qilish to‘g‘risidagi Qonun jihatidan “kelajakka oid xabarlar”ni o‘z ichiga oladi. Kleajakka oid xabarlar real faktlarga asoslanmagan, shu jumladan, bitimdan foyda olishni ko‘zlagan xabarlardan iborat. Mazkur press-relizda VimpelKom maqsadi, fikri, kutgan natijasi yoki prognozlari izohlangan istalgan xabar (shuningdek, ularga asoslangan taxminlar) kelajakka oid xabarlar hisoblanadi. Kelajakka oid xabarlar bir qator risklar, noaniqlik faktorlari, taxminlar, shu jumladan kutilgan natijalarga erisha olmaslik mumkin bo‘lgan imkoniyatlar bilan bog‘liq tavakkalchiliklarga bog‘langan bo‘ladi. Agarda bunday risklar yoki noaniqlik faktorlari moddiy tus olsa yoki bunday taxminlar noto‘g‘ri bo‘lib chiqsa, haqiqatda natijalar kelajakka oid xabarlarda ko‘rsatilgan yoki unda nazarda tutilgan natijalardan keskin farqlanishi mumkin. Haqiqatdagi natijalar istalgan kelajakka oid xabarlarda ko‘rstalganlardan keskin farqlanishiga olib keluvchi ayrim boshqa risklar o‘z ichiga 2011 yil 15 fevral kuni 6-K Shaklida AQShning Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasi (QBK) ga berilgan VimpelKom aksionerlari yig‘ilishi haqidagi axborot va xabarnoma (proxy statement) da, QBKga berilgan VimpelKomning F-4 Shakli bo‘yicha ro‘yxatga olingan bayonotida, “VimpelKom” OAJ QBK beradigan ochiq hisobotida, shu jumladan 2009 yil 31 dekabr kuni tugagan yil uchun 20-F Shakldagi Yillik hisobotida keltirilgan risk faktorlarini, shuningdek, VimpelKom tomonidan QBK ga beriladigan boshqa ochiq hisobotlarda bo‘lgan, mazkur ogohlantirishga ishora qilib kiritilgan risk faktorlari kabilarni oladi. Mazkur press-relizda mavjud kelajakka oid xabarlar ushbu press-reliz sanasiga qilingan bo‘lib, VimpelKom mana shu press-reliz e’lon qilinganidan keyin yuz bergan qandaydir voqealar natijasida ushbu press-relizda keltirilgan istalgan kelajakka oid bo‘lgan xabarlarni yangilash va to‘g‘rilash bo‘yicha hech qanday majburiyatni o‘z zimmasiga olmaydi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top