Warning: ftp_nlist() expects parameter 1 to be resource, null given in /home/infocom/public_html/wp-admin/includes/class-wp-filesystem-ftpext.php on line 438

Warning: ftp_pwd() expects parameter 1 to be resource, null given in /home/infocom/public_html/wp-admin/includes/class-wp-filesystem-ftpext.php on line 230

Warning: ftp_pwd() expects parameter 1 to be resource, null given in /home/infocom/public_html/wp-admin/includes/class-wp-filesystem-ftpext.php on line 764

Infocom.uz

WEB SAHIFALAR FANLARARO ALOQADORLIK VOSITASI SIFATIDA

Loyihalar metodi mana shu qarshiliklarni yo‘qotishga mo‘ljallangan, u zamonaviy axborot texnologiyalari asosida fanlararo bog‘liqlikni yanada to‘laroq amalga oshirish imkonini beradi. Ular har bir holatda bilimlarning yangi va an’anaviy manbalari o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib ishtirok etadi.

Loyihalarni bajarishda talabalarning o‘z ijodiy imkoniyatlarini amalga oshirish mumkinligi va tengdoshlari hamda loyihaga rahbarlik qiluvchi pedagoglar orasida o‘z mavqelariga ega bo‘lish maqsadlarida alohida o‘rin tutadi. Yangi bilimlarni o‘zlashtirish va ularni loyiha shaklida – ushbu holatda web-sayt yaratish shaklida bilimlarni amalga oshirishga kuchli motivatsiya yuzaga keltiradi. Fanlararo bog‘liqlikni amalga oshirish vositasi sifatida web-texnologiyalaridan foydalanish bir qator muammolarni yuzaga keltiradi. Ular orasida asosiylari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

• loyihani amalga oshirish imkoniyatlari bilan bog‘liq texnik malakalar (web-resurslar yaratish uchun amaliy-dasturiy mahsulotlarni o‘zlashtirish);
• loyiha mazmuni bilan bog‘liq axborot muammolari;
• kompyuterdan foydalanish va internet resurslaridan foydalanish mavjudligi bilan bog‘liq tashkiliy mashg‘ulotlar.

Hozirgi kunda web-saytlar yaratish texnologiyasi yetarlicha ishlab chiqilgan, ularning elemetlari hatto ko‘plab o‘rta umumta’lim maktablari dasturlariga va darsliklariga kiritilgan. Aynan, mana shu informatika kursini o‘rganishda ijodiy sinov topshiriqlari sifatida web-resurslar yaratish keng ommaviylashtiriliga sabab bo‘ldi, biroq bunday amallarni bajarishda ajablanarli tomoni, birinchi o‘ringa texnik qiyinchiliklar chiqmaydi. Axir ba’zi holatlarda talabalar yangi axborot texnologiyalarini pedagoglardan ham yaxshi o‘zlashtirgan bo‘ladilar. Birinchi o‘ringa yaratilayotgan web-sahifalarning mazmunli, boshqa foydalanuvchilar uchun zarur bo‘lgan axborotlar bilan to‘ldirish masalalari chiqadi. Bu yerda pedagogning ahamiyati bilimlarni mexanik yetkazuvchi sifatida emas, balki induvidual yondashib, talabalarga qimmatli bo‘lgan va qiziqish uyg‘otadigan mavzuni ko‘rsatib bera oluvchi murabbiy sifatida namoyon bo‘ladi. Bunday yondashish talabalarning ijodiy imkoniyatlarini to‘la ochib berishga xizmat qiluvchi shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni ta’minlaydi.

Loyiha uchun axborotlar manbai aralash xususiyatli bo‘lishi kerak. Kitob, jurnal, gazeta, xaritalar, rasm va fotosurat kabi an’anaviy manbalar bilan bir qatorda audio va video, kompakt-disk hamda global internet tarmog‘i materiallaridan foydalanish mumkin. Aynan, shu axborotlar turli manbalaridan foydalanish bir vaqtning o‘zida bilimlar an’anaviy manbalarini o‘rganish hamda zamonaviy axborot shuningdek, tarmoq texnologiyalaridan foydalanishni ta’minlaydi.

O‘quv jarayonida Web-texnologiyalaridan foydalanish birinchi navbatda, foydalanuvchilarning Internet tarmog‘ida ishlashni bilishlariga asoslanadi. Buning uchun Web-sahifalar yaratish bo‘yicha ishlarni bajarishni bilishdan tashqari, o‘quvchilar tarmoqda ishlash, uning servislari va shu kabilar asosiy tamoyillarini bilishlari zarur. Bu tarmoqda Web-resurslar yaratish uchun qo‘llaniladigan metodlar va uslublar bilan tanishishga, aloqa qilish va yuzaga kelgan muammolarni, ularni hal etish yo‘llarini muhokama qilishga, ishlab chiqilgan materiallar bilan almashishga imkon yaratadi.

Shu sababli informatika o‘qituvchisi oldida iloji boricha, maksimal tezlik va minimal xarajatlar bilan qulay jamoa bo‘lib Internetdan foydalanishni ta’minlash muammosi turadi. Ushbu muammo “Internet maktabga” viloyat loyihasini amalga oshirilishi sababli hozirgi kunda eng dolzarb masala hisoblanadi. Ko‘pincha, ta’lim muassasasini Internetga ulangandan keyin tarmoqda ishlashni quyidagi usullardan birida tashkil qilinadi:

1. Ulanish modem ulangan bir kompyuterda amalga oshiriladi. Tarmoqning qolgan kompyuterlariga dasturlardan biri masalan, Netop School yoki Netmeeting dasturlaridan foydalanib, uzatish amalga oshiriladi.
2. Sahifalarni kompyuterga yozib olish va avtonom rejim uchun texnologiyalardan foydalaniladi (“Internetsiz internet”).
3. Windows 2000 standart vositasidan, misol uchun shlyuz sifatida modemli kompyuterlardan foydalanib, Internetga jamoali ulanish sozlanadi.

Usullardan birinchisi – o‘quvchilarning passiv ishtirokini ko‘zda tutadi, ikkinchisi – “yozib” olingan sahifalar doirasida ularni cheklaydi, uchinchisi – mos variant hisoblanadi, lekin lokal kompyuterlarda ishlash tezligi talabalarga mos emas. Tarmoqqa jamoali ulanishni ta’minlash uchun ta’lim muassasalarida Winroute Pro amaliy dasturidan foydalaniladi. Dual-up ulanishiga ega bo‘lib va ajratilgan liniyada ishlab bu dasturdan bir xilda muvafaqqiyatli foydalanish mumkin. Uning asosiy ustunliklari quyidagilardan iborat:

1. Lokal kompyuterlarda Internetda ishlash tezligi ancha kattaligi masalan, shlyuzdan foydalanish usuliga nisbatan.
2. Lokal tarmoq kompyuterlari statik tarmoq manzillariga ega bo‘lgan hollarda manzillarni retranslyatsiya qilish uchun DNS-serveri sifatida modem bilan mashinadan foydalanish.
3. Lokal tarmoq kompyuterlari dinamik tarmoq manzillariga ega bo‘lsa, modemli mashinalardan DCHP-server sifatida foydalanish.
4. Modemli mashinadan shaxsiy lokal domenini yaratish bilan lokal tarmoq ichida hamda Internetda pochta almashish uchun pochta serveri sifatida foydalanish.
5. Kiritilgan dastur keshidan foydalanish. Katta kesh o‘rnatilganida (masalan 5 Gb kattalikdagi), ikkinchi bor kiritilgan sahifalar off-line ga yuklanadi. on-line ga esa ularning yangilanganlari yuklanadi. Shu bilan birga, kesh kattaligi trafik hajmini ancha pasaytiradi, bu internet bilan ajratilgan ulanishga ega maktablar uchun hozirgi kunda juda muhim.

O‘quvchilar tomonidan yaratilayotgan web-sahifalar dizayni masalasi alohida muhokama qilishni talab etadi. Bir tomonidan mualliflarning ijodiy fantaziyalarini cheklash kerak emas, boshqa tomonidan esa pedagog odob bilan o‘quvchilarning ijodkorlik g‘ayratlarini foydalanuvchilar uchun mos va qulay bo‘lgan shaklga yo‘naltirishi mumkin. Axir eng yaxshi saytlar – bular qiziqarli ko‘rinadigan, asosiy g‘oyani yaqqol ifoda etadigan va tez ochiladigan saytlar hisoblanadi. Bu talablarga ulkan ishlab chiqilmagan tasvirlar, qulay bo‘lmagan va yomon ishlab chiqilgan navigatsiya, ko‘zni qamashtiradigan ranglar hamda shriftlar mos kelmagan birliklari, bir sayt alohida web-sahifalarini shakllantirishga yagona yondoshishning yo‘qligi bilan erishish mumkin emas. Bunday loyihalarda tarmoq axborot texnologiyalari asosida turli xil o‘quv fanlarini va inson faoliyati ko‘rinishlarini birlashtirish mumkinligi, uning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Shuning uchun “Internet juda ifloslangan va bola uchun salbiy yoki zararli mazmundagi axborotlarga to‘la” degan gap to‘g‘ri emas. Ta’lim muassasalari xodimlari, olimlar ta’lim tizimi ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan turli mazmundagi materiallar bilan to‘ldirishga qodir. Yuqorida aytib o‘tilgan shartlarni bajarish web-sahifalarni yaratishni referat yozish, kontur kartasini bezash, yoki uy yozma ishini bajirish kabi oddiy o‘quv topshirig‘i bo‘lishiga imkon beradi. Biroq zamonaviy axborot texnologiyalariga o‘quvchilarning qiziqishlarini yo‘naltirish an’anaviy bilim olish variantiga qaraganda, bu variantini ular uchun ancha qulay qiladi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top