15 dan 21-sentyabrgacha ishtirokchilarni tahlil qilish va baholash vaqti davomida internet-festivalning har bir nominasiyasida ishtirokchilari orasida belgilangan vaqt mobaynida eng ko‘p xostlar to‘plagan 14 saytlar g‘olib bo‘ladilar.
WWW.UZ saytida yaqinda alohida bo‘lim yaratiladi, unda ishtirokchi saytlarning to‘plagan Top-reyting statistikalari bilan ro‘yxatlari ko‘rsatiladi. Shuningdek WWW.UZ ma’muriyati ishtirokchi saytlarga Internet-festival 2010 ga bag‘ishlangan maxsus hisoblagich o‘rnatadi.
Nopok usullarni qo‘llab ko‘rsatkichlari qalbakilashtirib oshirib ko‘rsatilishi payqab qolingan saytlar diskvalifikasiya qilinishini eslatib o‘tamiz. Agar sayt egasi ko‘rsatkichlar qo‘shib ko‘rsatilishida aybdor bo‘lmasa WWW.UZ ma’muriyati saytga tashrif buyurishlar statistikasini hisoblash uchun boshqa vaqt oralig‘ini olishi mumkin
Sayt egalarining WWW.UZ ma’muriyati bilan aloqalari uforum.uz Internet-festival tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.
Manba WWW.UZ.