Infocom.uz

Xerox kompaniyasi O‘zbekiston bozorlaridagi O‘zining faoliyatini kengaytiradi

The Document Company Xerox kompaniyasi haqida

1906 yilda АQShda fotosurat uchun qog‘ozlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan Haloid Company firmasi tashkil etilgan. 1947 yilda bu kompaniya Chester Karlson tomonidan kashf etilgan nusxa olish qurilmasini ishlab chiqarishga hamma huquqlarni sotib oldi. Kashfiyot asosini tashkil etuvchi jarayon “kserografiya” (lotinchadan “quruq” va “yozish”) deb ataldi, qurilmaning o‘zini esa Karlson “kseroks” deb atashni taklif etdi. Birinchi “kseroks” – Model А – 1949 yili ishlab chiqarildi, 1961 yili esa Haloid Company “Xerox Corp.” nomi bilan atala boshlandi.
Bugungi kunda Xerox 200 dan ortiq mahsulotlarini ishlab chiqarib, 56 mamlakatda 500 mingdan ortiq buyurtmalarga xizmat qiladi.
Xerox 20 mamlakatda sifati uchun 25 ta milliy mukofotlarga ega va uchta qit`ada atrof-muhitni himoya qilish uchun hamma mukofotlar egasidir.
Xerox hujjatlar bilan ishlashni osonlashtirish va mahsuldorligini oshirish maqsadida ilmiy tadqiqotlar, loyihalar, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va butun dunyoda uskunalarni texnik ta`minlab turishni amalga oshiradi.

pic

Xerox – bu qog‘ozda hujjatlar bilan ishlash sohasida amalda revolyutsiyani amalga oshirgan korporatsiyadir. Xerox hujjatlar bilan ishlash uchun qurilmalarni keng turlarini ilg‘or yaratuvchisi va ishlab chiqaruvchi hisoblanadi: operativ nashr poligrafiya uchun yuqori samaradorli to‘la rangli nashr sistemalari, pechatli nazorat qilish qurilmalari, shaxsiy va tarmoqli monoxrom lazerli printerlar, ishchi guruhlar uchun rangli lazerli printerlar, ko‘p imkoniyatli ofis sistemalarini, keng formatli injenerlik sistemalarini, skanerlar, fakslar, kopirlar. Xerox raqamli ko‘p imkoniyatli qurilmalar bozorida etakchi hisoblanadi – bu yo‘nalishda kompaniyaning xissasi 50 % ni tashkil etadi. Bu qurilmalarning keng imkoniyatlari – chop etish, skanerdan o‘tkazish, faks, nusxa olish hamda har qanday kompyuter tarmog‘iga va hujjatlar almashish sistemasiga oson ulanishi bu apparatlar har qanday ofis ishida katta yordam beradi. Xerox yuqori texnologiya va ilmiy yo‘nalishlarni rivojlantirishga alohida e`tibor beradi, buncha operativ poligrafiya uchun raqamli uskunalarni yaratish va ishlab chiqarish kiradi. Bu yo‘nalishda ham korporatsiya so‘zsiz dunyoda etakchi hisoblanadi – butun dunyoda ishlab turgan Xerox raqamli chop etish sistemalari soni bugungi kunda boshqa hamma ishlab chiqaruvchilarni birgalikda olganda shunga o‘xshash qurilmalari umumiy sonidan 1.5 barobarni tashkil etadi. Xerox hujjatlar bilan ishlashni kompleks takomillashtirish sohasida ham etakchi hisoblanadi.
Buyurtmachi kompaniya ichida hujjatlar oqimini o‘rganib chiqib, Xerox elektron va qog‘ozli hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha kompleks apparatli echimni taklif etadi.

Bundan tashqari, Xerox hujjatlarni ishlab chiqish yordamchi bosqichlarida autsorsing sohasida pioner hisoblanadi – formatlashtirish, chop etish, broshyurovka, arxivatsiya, texnikaga servis xizmati ko‘rsatish, qog‘oz va sarflanadigan materiallar zahirasini to‘ldirish. Xerox ikki asosiy yo‘nalishlarga e`tibor berib o‘z biznesini olib boradi. Bu General Markets Operations – uy uchun, kichik va o‘rta ofis uchun uskunalar ishlab chiqarish va dilerlar orqali sotish va Industry Solutions Operations – katta biznes uchun hujjatlar bilan ishlash sohasida kompleks echimlar ishlab chiqish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish. Hamdo‘stlik davlatlarida Xerox mahsuloti birinchi bor 1968 yilda ko‘rgazmada keng taqdim etilgan edi, 1974 yilda Moskvada uning Rossiya bo‘yicha vakolatxonasi ochildi. 2004 yilda, 30 yildan so‘ng, u “Kseroks (Evraziya)” kompaniyasiga aylandi, endi bu kompaniya Xerox mahsulotlarini 22 mamlakatda tarqalishiga javob beradi.
Kompaniyaning mintaqaviy (regional) ofislari Sankt-Peterburgda, Minskda, Novosibirskda, Ekaterinburgda, Olma-otada, Toshkentda, Kievda ish olib bormoqda. O‘zbekistonda ofisning ishi uchun ham javob beradigan Xerox ning Rossiya bo‘linmasi dunyoda eng muvaffaqiyatlidan biri va tez o‘sib borayotgan hisoblanadi.
Mintaqaviy (regional) ofislarning har biri Xerox uskunalarini sotish va texnik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq to‘la xizmatlar ko‘rsatish uchun hamma imkoniyatlarga ega.
Hozirgi kunda “Kseroks (Evraziya)” MDH davlatlari butun hududlarida 130 ta dilerlik va 20 distribyuterlik tashkilotlari tarmog‘iga ega. Xerox uskunalariga sotib olingandan keyin xizmat ko‘rsatish tizimi (sistemasi)ga 10 ta avtorizatsiyalangan servis markazlari va Rossiyaning butun regionlarida hamda Belorussiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonda 100 dan ortiq servis hamkorlari kiradi. Аvtorizatsiyalashgan servis agentlari keng tarmog‘i ham muvaffaqiyatli ish olib bormoqda.

O‘zbekistonda Xerox avtorizatsiyalashgan servis hamkorlari va distribyuterlari o‘z vakolatxonasiga ega. O‘zbekiston bozorida taqdim etiladigan Xerox mahsulotlari turlari juda keng. Bular turli raqamli nusxa olish uskunalari ham, “printer-skaner-kopir-faks” turidagi ko‘p imkoniyatli qurilmalar hamda lazerli printerlar. Bizning mamlakatimiz bozorlarida Xerox ilab chiqaradigan yuqori sifatli ofis qog‘ozlari ham keng taqdim etilgan.
Xerox kompaniyasi bizning bozorimizda o‘zining faoliyatini kengaytirib bormoqda. 2004 yildan boshlab O‘zbekistonda Xerox rasmiy distribyuteri bo‘lib yaxshi tanish bo‘lgan UCD Micros kompaniyasi ish boshladi. Uning zimmasi printerlarni va ko‘p imkoniyatli Xerox qurilmalarini distribyutsiya qilish hamda ularga ehtiyot qismlarni va sarflanadigan materiallarni yetkazib berish vazifasi yuklatilgan. 2004 yil 1 iyuldan boshlab UCD Micros texnik markazi Xerox kompaniyasining texnikalarini sertifikatlashtirilgan kafolatli ta`mirlashni amalga oshirish huquqi bilan Xerox kompaniyasi avtorizatsiyalashtirilgan servis markazi mavqeini oldi. Shunday qilib, bugungi kunda O‘zbekistonda Xerox kompaniyasining rasmiy distribyuteri – UCD Micros kompaniyasi bozorda monoxrom va turlarini hamda printer, skaner, nusx olish apparati va faks vazifalarini bajaradigan ko‘p imkoniyatli qurilmalarni taklif etadi.

pic

Shu bilan birga UCD Micros sarflanadigan materiallarni va ehtiyot qismlarni yetkazib berishni amalga oshiradi hamda Xeroxavtorizatsiyalashtirilgan servis markazi sifatida Xerox uskunalarini kafolatli va kafolat muddatidan keyin ta`mirlash ishlarini bajaradi.

Bizning manzil: Toshkent shahri, S.Аzimov ko‘chasi, 72 А, “Koinot” NPO binosi.
Tel: 132-07-14, 132-07-21, 133-57-74, faks: 132-06-85.
UCD Micros UCD Micros

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top