Infocom.uz

Yandex dasturlash maktabida ilk mashg’ulotlar boshlandi

Yandex dasturlash maktabi Python dasturlash asoslari bo’yicha bir yillik kurslarni boshladi. Mashg’ulotlar avvalida o’quvchilarni yangi o’quv yili boshlangani bilan tabriklab, o’quv dasturi nimalardan tashkil topganligi haqida ma’lumot berildi. Darslar jarayonida ular kod yozish va ularni sinab ko’rishni, dasturlash tili bilan ishlashni, mustaqil ravishda kichik loyihalarni tayyorlashni o’rganishadi.

“Yandex – bu shunchaki texnologik kompaniya emas, bu IT sohasida tajribali mutaxassislar jamoasidir. Xizmatlar ustida ishlashdan tashqari, biz ta’lim bilan ham shug’ullanamiz.Sifatli bilim olmasdan turib IT sohasida natijaga erishish qiyin. Bunday loyihalar o’quvchilarga kerakli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lib, uni samarali qo’llash va rivojlanishga erishishlarida qo’l keladi”, – dedi Yandex akademiyasi direktori Sergey Brajnik.

O’quv kursida darslar haftada ikki marotaba, maktabdagi darslar tugagandan so’ng ikki soat davomida bo’lib o’tadi. Bu kurslarda 8-11 sinf o’quvchilari Python dasturlash tilini qo’llash: uning asosiy tushunchalari, konstruksiyalari va til kutubxonalari bilan ishlashni o’rganishadi. Talabalar test va suhbat asosida ro’yxatdan o’tishlari mumkin. Yandex’ning ushbu yangi loyihasi O’zbekistonda ilk bor Toshkentdagi IT-park negizida ishga tushirilmoqda.

IT sohasida ta’lim olishni istagan maktab o’quvchilari  Yandex litseyida o’qishlari mumkin. Mazkur kurslar onlayn formatda ham amalga oshiriladi. Talabalar  yangi kursda Python orqali Django’da maxsus veb-saytlar, ilovalar, o’yinlar yaratish, ma’lumotlarni tahlil qilish bo’yicha ixtisoslikni tanlashlari mumkin.

Yandex’ning yangi ta’lim loyihasi – bu dasturlash va aniq fanlarga qiziquvchi 8–10-sinf o’quvchilari uchun bepul dasturlash maktabi dasturidir. Mazkur loyiha O’zbekistonda Yandex Go ko’magida joriy qilindi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top