Infocom.uz

Yangi “3G Wi-Fi USB-dock Bilayn” modeli savdoga qo‘yildi

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov shunday dedi: “3G Wi-Fi USB-dock katta talab bilan foydalanilmoqda, shuning uchun biz modellar qatorini Huawei kompaniyasining mahsuloti bo‘lgan uskuna bilan to‘ldirishni lozim topdik. Bunda uning texnik xossalari dizayndagi afzalliklarga ega bo‘lib, oldingi modeldan uncha farq qilmaydi”.

Agarda abonent USB-modem xarid qilib bo‘lgan bo‘lsa va unga Wi-Fi- router kerak bo‘lsa, u holda “3G Wi-Fi USB-dock Bilayn” aynan u uchun. Internetda ishlashni boshlash uchun USB-modemni “3G Wi-Fi USB-dock Bilayn” portiga joylashtirish kerak va Wi-Fi router hech qanday oldindan sozlashlarsiz ishlashga tayyor.

“3G Wi-Fi USB-dock Bilayn” to‘plamiga 3G Wi-Fi USB-dock, abonent ma’lumotnomasi, kafolat taloni hamda zaryadlash uskunasi kiradi.

Uskunaning texnik xossalari:
• HSUPA/HSDPA/UMTS (850/1800/2100MGs) va EDGE/GPRS/GSM (850/900/1800/1900 MGs) qo‘llaniladi
• Bitta yuqori telikka ega USB 2.0 port
• 14,4 Mbit/s gacha tezlik qo‘llaniladi
• Ikkita RJ45 Ethernet-port
• IEEE 802.11b / g. WLAN kirish nuqtalari (WEP/WPA/WPA2 xavfsizlik qo‘llaniladi)
• RX Diversity
• Server va DNS-proksi
• Lokal boshqaruv uchun WEB-interfeys
• Windows 2000/XR/Vista/7 32/64 Bit, Mac OS X 10.4 va undan yuqorilar qo‘llaniladi
• Amal qilish radiusi 50 metrgacha
• Hajmi: 93 ? 70 ? 25 mm
• Og‘irligi: 83g

“3G Wi-Fi USB-dock Bilayn” faqatgina “USB-modem Bilayn”ning istalgan modeli ulangandagina ishlaydi. Modelning narxi – 245 000 so‘m. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top