Infocom.uz

Yangi «Muloqot» tarifi – suhbatlaringiz 20 marta ko‘proq!

MTS-O‘zbekiston kompaniyasidan yangi «Muloqot» tarif rejasi barcha abonentlarga 20 marta ko‘proq suhbatlashish imkonini beradi.

«Muloqot» tarif rejasida tarmoq ichida muloqotda bo‘lish 20 marta arzonroq, chunki suhbatning dastlabki 2 daqiqasidan keyin qolgan daqiqalarning har biri $0,001 bo‘yicha narxlanadi. Shu bilan birga, barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar – bepul va abonent to‘lovi yo‘q. O‘zbekiston bo‘yicha barcha qolgan chiquvchi qo‘ng‘iroqlar va MTS-O‘zbekiston tarmog‘idagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning dastlabki ikki daqiqasi $0,02 bo‘yicha narxlanadi.

Yangi «Muloqot» tarif rejasiga MTS ofislarida, kompaniyaning dilerlik punktlarida va PAYNET to‘lovlarni qabul qilish punktlarida ulanish mumkin. Mavjud abonentlar («RED» tarif rejalari abonentlaridan tashqari) quyidagi usullardan biri orqali «Muloqot» tarifiga o‘tishlari mumkin:

• USSD-portal orqali: *111#;
• *111*114# USSD-komanda yuborib;
• 616114 raqamiga «1»ni SMS orqali yuborib;
• «Shaxsiy kabinet» yordamida.

«Uzdunrobita» XK Bosh direktorining Tijorat bo‘yicha o‘rinbosari Nuriddin Shadmanov yangi tarif ishga tushirilishini shunday sharhladi: «MTS-O‘zbekiston kompaniyasi O‘zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori hisoblanadi, chunki abonentlarimiz soni 6,5 million kishidan oshdi va biz yangi «Muloqot» tarif rejasi ularga yanada erkinroq muloqotda bo‘lish imkonini beradi degan niyatdamiz».

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top