Infocom.uz

Yangi imkoniyatlar sari

Konferensiyada O’zbekistonning Farg’ona, Andijon, Jizzax, Surxondaryo, Urganch, Navoiy kabi shaharlari, shuningdek Toshkent shahridan bo’lgan 50 nafar mintaqaviy vakillari qatnashmoqda.

Konferensiyani o’tkazishdan maqsad – mintaqaviy volontyorlarni bir-birlari bilan tanishtirish, ularning sa’y-harakatlarini, tasavvurlari, vazifalarini birlashtirish, yagona ish konsepsiyasini ishlab chiqish, respublika miqyosidagi qo’shma loyihalarni belgilab olish. Shuningdek, volontyorlar joylarda amalga oshiriladigan turli g’oyalarni muhokama qilishni rejalashtirayaptilar. Bu ish keyinchalik ularga joylarda o’z saflariga yangi volontyorlarni jalb etib ish olib borishda yordam beradi.

Ikki kunlik konferensiya davomida BMT volontyorlari uchun loyihalarni boshqarishga doir asosiy tushunchalar va ko’nikmalar bo’yicha trening o’tkaziladi, shuningdek ular Web 2.0 texnologiyasiga asoslangan OpenGoo loyihalarini muvofiqlashtirish markazlashtirilgan elektron tizimidan foydalanish bo’yicha amaliy qo’llanmalarni oladilar.

Konferensiya sessiyalari interfaol shaklda o’tkaziladi va shu tariqa uning har bir ishtirokchisiga volontyorlik harakati borasidagi o’z g’oyalari va fikrlarini bildirish imkoniyati beriladi. Shu bilan birga, ishlar guruhlarda, yalpi sessiyalarda, alohida va guruhli tanishtiruv marosimlari o’tkazish orqali olib boriladi.

Manba: www.ictp.uz

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top