Infocom.uz

Yangi «МТS VIP» tarifi

2010 yil 2 avgustdan boshlab MTS kompaniyasi o’z abonentlariga yangi «МТS VIP» tarifini taklif etadi. «МТS VIP» tarifi – mobil telefon orqali arzon narxlarda muloqotda bo’lishning yangi yechimidir.

«МТS VIP» tarifida MTS-O’zbekiston tarmog’ida chiquvchi qo’ng’iroqlar hamda barcha kiruvchi qo’ng’iroqlar – bepul. O’zbekiston bo’yicha qolgan barcha chiquvchi qo’ng’iroqlar narxi – $0,025 (1 daq. uchun). Yangi tarifda abonent to’lovi kuniga atigi $0,77.

«Har kuni mobil telefon orqali aktiv muloqotsiz hayotlarini tasavvur qila olmaydiganlar uchun maxsus kompaniyamiz yangi «МТS VIP» tarif rejasini taklif etadi. Mazkur tarifga ulangan abonentlar MTS-O’zbekiston tarmog’ida hech qanday cheklovlarsiz muloqotda bo’lishlari mumkin», – deb ta’kidladi MTS-O’zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo’yicha o’rinbosari N.K. Shodmonov.

Yangi «МТS VIP» tarifiga МТS ofislarida va diler punktlarida ulanish mumkin. Avval ulangan abonentlar («RED» tarif rejalariga ulangan abonentlardan tashqari) quyidagi usullardan biri orqali «МТS VIP» tarifiga o’tishlari mumkin:

• Mobil portal orqali: *111#;
• USSD-komanda yuborib: *111*116#;
• 616116 raqamiga SMS orqali «1» yuborib;
• «Shaxsiy kabinet» yordamida.

* Xalqaro qo’ng’iroqlar va qo’shimcha xizmatlar o’rnatilgan tariflarga muvofiq alohida to’lanadi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top