Infocom.uz

Yangi «RED Energy» tarifi

MTS-O’zbekiston kompaniyasi yangi tarifni taklif etadi. Abonent o’z ehtiyojlaridan kelib chiqib, muloqot uchun maxsus opsiyalardan foydalana olishi uning o’ziga xos xususiyati hisoblanadi. Mazkur tarif ham ovozli aloqa, ham SMS va mobil Internet yordamida yangiliklar almashib, ko’p vaqtini bir-birlari bilan o’tkazadigan yoshlarga mo’ljallangan.

«Red Energy» tarifining asosiy ustunliklaridan biri shuki, mazkur tarifda barcha kiruvchi qo’ng’iroqlar – bepul va abonent to’lovi yo’q. MTS-O’zbekiston tarmog’i ichida chiquvchi qo’ng’iroqlar narxi – $0,02 (1 daq. uchun), O’zbekiston bo’yicha qolgan chiquvchi qo’ng’iroqlar – $0,025 (1 daq. uchun).

Yangi tarif reja abonentga qo’ng’iroq qilish, SMS yuborish yoki Internetdan foydalanish bilan birga zarur opsiyalar unga necha kun kerak bo’lishini belgilash imkonini beradi.

mts_5_10_2010

Yangi «RED Energy» tarifiga МТS ofislarida va diler punktlarida ulanish mumkin. «RED» tarif rejalariga ulangan abonentlar quyidagi usullardan biri orqali «RED Energy» tarifiga o’tishlari mumkin:
• USSD-komanda yuborib: *111*3*6#;
• 1771 raqamiga SMS orqali 006 yuborib;
• Internet yordamchi orqali: «ISSA»;
• Kompaniya ofislarida yozma ariza bo’yicha.

Qo’shimcha ma’lumot
«RED Energy» tarif rejasi haqida batafsil ma’lumotni www.mts.uz saytida va MTS ofislarida yoki 0890 raqamiga qo’ng’iroq qilib, MTS aloqa markazida olish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top