“Biz “Bilayn” Internet-foydalanuvchilari eski narxda eng yaxshi tezlikdagi trafikka ko‘proq ega bo‘lishlari haqida qayg‘urdik, – hodisani sharhlaydi “Buzton” QK MCHJ Bosh direktori Erkin Achildiev. – Xalqaro Internet-kanalning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish bizga narxlarni tushirish imkonini beradi va bu mamlakatni internetlashtirish sur’atlarini tezlashtirishiga umid qilamiz”.
Yangi qator beshta tarif rejasidan tashkil topgan: “Yangi Tezlik 1” (tezligi – 512 Kbit/sek, trafik hajmi – 1100 Mb, abonent to‘lovi – $10), “Yangi Tezlik 2” (tezligi – 512 Kbit/sek, trafik hajmi – 2200 Mb, abonent to‘lovi – $15), “Yangi Tezlik 3” (tezlik – 1024 Kbit/sek, trafik hajmi – 6600 Mb, abonent to‘lovi – $25), “Yangi Tezlik 4” (tezlik – 2048 Kbit/sek, trafik hajmi – 8800 Mb, abonent to‘lovi – $35) va “Yangi Tezlik 5” (tezlik – 2048 Kbit/sek, trafik hajmi – 13 300 Mb, abonent to‘lovi – $50).
Toshkent, Zarafshon va Uchquduqda optik tolali liniyalar (FTTB) bo‘yicha ulangan abonentlar uchun “Yangi Tezlik 3” tarifida ulanish tezligi 2048 Kbit/s gacha, “Yangi Tezlik 4” va “Yangi Tezlik 5” tariflarida esa – 5120 Kbit/sek gacha yetadi.
Yangi tariflarga 2011 yil 1 dekabrdan boshlab o‘tish mumkin. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi