Infocom.uz

YANGILIKKA INTILIB…

Bu borada barcha imkoniyat va bilimidan foydalanib, ko‘proq o‘rganishga harakat qilgan. Tarixiy taraqqiyot jarayonida insoniyat yangiliklarga intildi, telefon, radio, televizor, kompyuter va Intenet kabi yutqlarga erishdi. Har qanday inson xato qilishi mumkin, chunki reallik bizlarga xos. Demak, hozirgi eng yuqori texnologik mashinalardan ham kamchilik topa boshlaymiz. To‘g‘rirog‘i yanada keng imkoniyatli, takomillashgan texnologiyalar uchun izlanamiz, yangiliklarga intilamiz. Agar o‘z maqsadimizga erishsak, yangi loyihani muvoffaqiyatli ishlab chiqara olsak, millatimizning va davlatimizning obro‘si keng miqiyosda ko‘tarila boshlaydi. Bu esa bizdan yetuk mutaxasis bo‘lib kamol topishimizni, mustaqil va sog‘lom fikrlay olishimizni talab qiladi.

Axborot texnologiyalari

Zamonaviy axborot texnologiyalari degani nima o‘zi? Texnologiya bu maxsulotni qayta ishlash, yaratish va saralash usullari majmuidir. Axborot texnologiyalari bu axborot ustida bajarish mumkin bo‘lgan amallardir. Bu – axborotni saqlash, yig‘ish, ishlatish, o‘zgartirish, saralash, uzatish va boshqalardir. Zamonaviy axborot texnologiyalar bu axborot ustida bajarish mumkin bo‘lgan zamonaviy texnologiyalardir. Zamonaviy axborot texnologiyalariga kompyuter texnologiyalarini, tarmoqlar, Internet, multimedia, aloqa tizimlarini misol qilsh mumkin. O‘zbekiston diyorida kompyuterlarni qaytadan ixtiro qilish emas, balki eng oxirgi modellar, keng imkoniyatli shaxsiy va server kompyuterlarining asosiy tuzilishi, imkoniyatlarini va yutuqlarini o‘rganib chiqib, shu xulosalar asosida yanada takomillashgan turlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Buning uchun biz shu rivojlangan korxonalar bilan, masalan ‘UNISYS’, ‘Genius’, ‘Gigabyte’, ‘HEWLETT’, ‘SAMSUNG‘, ‘TECHNIP’, ‘DELWOOD’, ‘Intel’, ‘SHARP’, ‘INDUTECH’, ‘SANOFI’, ‘SUNWIND computers’ kabilar bilan hamkorlikda, O‘zbekiston kompyuterlar bozorini rivojlantirishimiz kerak. Bu ish bilan chemki mahsulotlarni davlatimiz ichki bozoriga tashib kelish emas, balki sheriklik asosida foyda olishni yo‘lga qo‘yishimiz lozim. Ma’lum darajada kompyuter sohasida bilimga ega bo‘lgan xodimlarimiz ish olib borsalar, sekin asta, yo‘l yo‘rig‘ini tushunib, ko‘nikma hosil qilishlari mumkin. Vaqt o‘tgach, qiyinchiliklarga chidab, ma’lum to‘siqlardan o‘tgan inson malakali hisoblanadi, ya’ni u mutaxasis bo‘lib yetishadi. Biz ham shunga intilib bilimlarimizni to‘g‘ri yol’da, faqat yaxshi ishlar uchun sarflaylik. Bir narsaga e’tibor berish kerak. Yuqorida aytilgan texnologiyalar ichidan multimedia texnologiyasiga zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirishda jiddiy qiziqish bilan qaralmoqda. Bu sohaning o‘zi ham bevosita komputer texnologiyasining bir bo‘lagi hisoblansada, samarali o‘qitish usuli sifatida uni alohida bir yo‘nalish sifatida olish mumkin.

Multimedia

Multimedia termini taxminan ko‘p qatlamli muhit ma’nosini anglatadi. Multimedia bu maxsus texnologiya bo‘lib, texnik moddiy va dasturiy ta’minot asosida komputerda bir vaqtning o‘zida matnli, tasviriy axborotni tovushli va harakatga keltirgan holda (hattoki, video film holatida) ifodalash imkoniyatidir.

Kompyuterdan foydalanib, grafik va ovozli ma’lumotlarni ko‘rsatishni ta’minlovchi qurilmadir. Multimedia texnologiyasini tashkil qilish – bu maxsus bir yo‘nalish bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: multimedia axborotlarni qayta ishlab chiqadigan va tashkil qiladigan kompyuterning asosiy qurilma vositalariga ega bo‘lish; multimediani amalga oshiradigan dasturiy vositalarning mavjud bo‘lishi; multimedia axborotnomalarini uzatuvchi va qabul qiluvchi vositalar.

Bu texnologiya hozirga kelib, Koreya, Hitoy, Yaponiya, Hindiston, Rossiya va boshqa rivojlangan mamlakatlarda keng yo‘lga qo‘yilgan. Mamlakatimizda ham ta’lim tizimini zamonaviylashtirishda multimedia texnologiyasidan foydalanish yaxshi natija berishi amalda isbotlanmoqda.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top