Infocom.uz

“Yevropa. Qutb regionlarini va muzliklarni saqlash” pochta markasining chiqarilishi haqida

mark_25_10_2010_2

Umumjahon Pochta Ittifoqi Xalqaro byurosi Ittifoq a’zolarining operatorlariga 2010 yoki 2011-yilda “Qutblarni va muzliklarni saqlash” mavzusiga bag‘ishlangan yagona logotipi joylashtirilgan maxsus chiqariladigan pochta markalarini ishlab chiqishni taklif qildi.

“O‘zbekiston pochtasi” OAJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan 2010-yil 25-oktabrda “Yevropa. Qutb regionlarini va muzliklarni saqlash” nomli maxsus pochta markasi muomalaga chiqarildi.

Pochta markasida muzliklar va qutb faunasining yashovchilaridan biri – pingvinlar tasvirlangan. Markaning yuqori o‘ng tomonida rasmiy ravishda tasdiqlangan emblema joylashgan.

Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markasining o‘lchami 30×42 mm. Identifikatsiya raqami berilgan:
925- “Yevropa. Qutb regionlarini va muzliklarni saqlash”. Adadi 20 ming nusxa. Nominal – 900 so‘m. Rassom – Yaykova O. Dizayner – Kartsevich Ye.

Manba: www.pochta.uz

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top