Infocom.uz

Yil yakunlariga bag‘ishlandi

Hisobot davrida soha korxonalarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Vazirlar Mahkamasining 2005 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2006 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan yig‘ilishidagi ma’ruzasidan kelib chiqadigan vazifalar ijrosini ta’minlashga hamda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va erkinlashtirish, korxonalarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, xizmatlar turlarini ko‘paytirish, me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar sohasida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishga qaratildi.

O‘tgan yili soha korxonalari tomonidan 622,55 milliard so‘mlik (2005 yildagiga nisbatan 155,6 foiz o‘sish), shu jumladan, aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida 584,1 milliard so‘mlik, axborot va matbuot sohasida 38,45 milliard so‘mlik xizmat ko‘rsatildi.

Hisobot davrida sohaga 133,34 million AQSH dollari (rejaga nisbatan 127,6 foiz) miqdorida xorij investitsiyasi kiritildi va ushbu mablag‘ning qariyb 80 foizi – 104,14 million AQSH dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb etilgan investitsiyani tashkil etdi.

Sohada olib borilayotgan islohotlar tufayli hisobot davrida Internetdan foydalanuvchilar soni 1,7 millionga yetdi. Ushbu ko‘rsatkich 2005 yilning shu davridagiga nisbatan salkam ikki baravardan ko‘proq ortdi. 2006 yilda asosiy telefonlar soni 2009,5 mingtani tashkil etdi, mobil aloqa abonentlarining soni esa 2720,0 mingtaga yetdi.

Majlisda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining iqtisodiyot sohalari rivojlanishidagi, davlat va idoraviy boshqaruv tizimlarini takomillashtirishdagi o‘rni hamda hisobga olish tizimlarini mukammallashtirishga oid masalalar ham ko‘rib chiqildi. Axborotlashtirish sohasida statistika hisobotini takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi hamda vazirlik, idora va hokimliklar tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga alohida ahamiyat berish topshirildi.

Majlisda kompleks tarkibidagi idoralar tomonidan 2007 yil Investitsiya dasturi va eksport rejalarining bajarilishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi. Idoralarga mazkur dasturga kiritilgan loyihalarni o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirish topshirildi. Bunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb etiladigan investitsiyalar hisobidan mazkur dasturni ortig‘i bilan bajarish muhimligi ta’kidlandi.

pic

Shuningdek, yig‘ilishda ijro intizomini yanada mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, hukumat qarorlarini sifatli va to‘la bajarishni ta’minlash, idora va tashkilotlar boshqaruvining barcha bo‘g‘inlari ish faoliyati samaradorligini hamda rahbarlarning mas’uliyatini yanada oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top