Infocom.uz

“Yo’l-yo’l bolalar-2009” tanlovi g’oliblari

“Yo’l-yo’l bolalar-2009” tanlovi birinchi marta 2007 yilda “Unitel” MChJ xodimlarining farzandlari uchun tashkil etilgan edi. Loyihada uchta nominatsiyadagi ishlar qatnashdi: “Eng yaxshi buyum”, “Eng yaxshi surat” va “Eng yaxshi foto”. “Eng yaxshi foto” nominatsiyasida xodimlarning farzandlari sariq-qora ramzlar bilan tasvirlangan fotosuratlar qatnashdi. Qolgan ikkita nominatsiyada ham “Bilayn” brendi rangi ishtirok etgan bo’lishi kerak.

Voqeani izohlar ekan, “Unitel” MChJ xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlanish bo’yicha direktorii elena Konstantinova shunday dedi: “Yo’l-yo’l bolalar” tanlovi shunchaki qiziqarli va hamkasblarimiz sevgan tanlov bo’lib qolmay, balki “Bilayn” kompaniyasi korporativ madaniyatining yorqin ko’rinishlaridan biri. Kompaniyaning nafaqat o’z xodimlari, balki ularning farzandlariga ham e’tibor ko’rsatishi – xodimlarni qiziqtirishning ko’rinishlaridan biri, abonentlarimiz manfaati uchun ishlashga jiddiy yondoshishga rag’batlantiruvchi usuldir”.

“Yo’l-yo’l bolalar-2009” tanloviga 61 ta ish taqdim etilgani o’ziga xos rekord hisoblanadi. 27-30 may kunlari bo’lib o’tgan ichki ovoz berishda “Unitel” va “Buzton”ning 300 ga yaqin xodimlari ishtirok etishdi. 1 iyunda esa Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag’ishlab uyushtirilgan korporativ bayramda g’oliblarni taqdirlash marosimi o’tkazildi. Ta’kidlash kerakki, bu yil “Buzton” MChJ QK xodimlarining farzandlari tanlovda birinchi marta ishtirok etishdi.

Ular ikkita:

pic

“Eng yaxshi buyum” (Ekaterina Pak)

pic

va “Eng yaxshi surat” (Yuliya Petrova) nominatsiyasida g’olib chiqishdi.

pic

“Eng yaxshi foto” nominatsiyasida 4 oylik Behruz Olimjonovning fotosurati g’olib deb topildi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top