Infocom.uz

Yozgan va chizganlaringizni darhol raqamlashtiramiz FCS Mobile NoteTaker raqamli ruchkasi

Oddiy diigtayzerda yoki yana “grafplanshet” deb ataluvchi qurilmada raqamli perodan tashqari maxsus planshetdan foydalanilsa, FCS Mobile NoteTaker umuman boshqacha usulda ishlaydi. Grafplanshetda kiritiladigan tasvirni raqamlashtirish raqamli pero-ruchka va grafplanshet yordamida amalga oshiriladi, shu bilan birga, tasvir siyoh yordamida chizilmaydi, balki to’g’ridan-to’g’ri monitor ekraniga kiritiladi.

FCS Mobile NoteTaker raqamli ruchkasi simsiz USB HID-moslashuvchan tashkil qiluvchi qurilma hisoblanadi va tasvirni qabul qilib olish sohasida eng yangi ultratovushli hamda infra qizil rangli texnologiyalardan foydalanib, matn yoki rasm analogli tasvirini raqamlashtirishi hamda uni maxsus USB – resiver orqali ShK ga kiritishi mumkin. Shu bilan birga, ruchka oddiy ruchka sterjeniga ega va foydalanuvchi nima yozayotganligini yoki chizayotganligini ko’rib turadi. Umuman olganda, tasvirni raqamlashtirish (qabul qilib olish) uchun ruchka chizayotganligi yoki chizmayotganligi unchalim muhim emas, chunki fazoda ruchka datchigi harakatlanishi raqamlashtiriladi, foydalanuvchi uchun ushbu usul ancha qulay va odatiy hisoblanadi.

Ruchkaning kattaligi oddiy ruchka bilan deyarli teng va 135×14,5 kattalikka, bor-yo’g’i 16 gramm og’irlikka ega. Qurilma A0 formatdagi har qanday rangli, zichlikdagi manbalarda (qog’ozda yoki boshqa tekis varaqlarda) ishlaydi. Asosiysi, qog’ozni USB- resiverda qisqich bilan to’g’ri mahkamlab qo’yish hisoblanadi. Mana shu ishni bajarayotganda asosiysi, ruchka nimada va nima bilan chizayotganligi emas, balki datchiklar holatini ruchka datchigiga nisbatan to’g’ri qayd etish muhimdir.

FCS Mobile NoteTaker to’plamiga dasturli ta’minot bilan disk, USB- kabel, batareyalar va ruchkaning o’nta sterjenlari kiradi. USB-resiverini elektr quvvati bilan ta’minlash litiy ionli batareyalar yordamida amalga oshiriladi, u ishlayotgan paytida USB- portidan quvvat oladi. Nima uchun USB-resiverga avtonom quvvat manbai kerak degan savol yuzaga keladi? Hamma gap mana shunda. FCS Mobile NoteTaker kompyuter yoki noutbukning ishtirokisiz o’zi alohida ishlashi (matnlar va rasmlarni raqamlashtirishi) mumkin. O’zingiz bilan ruchkani, bor-yo’g’i 80 gramm og’irlikka va 73x31x14,5 mm kattalikka ega USB- resiverni olasiz, qisqich bilan qog’ozni qisib qo’yasiz, yozasiz va chizasiz, tugmani bosib (resiverda tugma bor-yo’g’i bitta) xotirada saqlab qolasiz va 100 dpi zichlik bilan A0 formatida 100 tagacha rasmlarni saqlab olishinigiz mumkin bo’ladi. Barcha tasvirlar jpg formatida saqlanadi. Resiverda LCD-displey mavjud, shuning uchun nechanchi faytni yozib olganingizni va batareya zaryadi holatini ko’rishingiz mumkin bo’ladi. Uyga yoki ofisga kelib, barcha rasmlarni ShK yoki noutbukka ko’chirib olasiz va ishlashda davom etasiz.

FCS Mobile NoteTaker to’plamiga maxsus DT kiradi, u fayllar bilan ishlashga va ularni MS Windows XP\Vista OS bilan ishlaydigan qo’shimchalar bilan birlashtirishga imkon beradi. Tahririyatimizda test sinovlaridan o’tkazgan qurilma jamlanmasida rus tilidagi dastur yo’q edi. OSR matnni tanib olish dasturi ham jamlanma to’plamiga kirmaydi, lekin uni o’rnatilsa, agar xohlasangiz, raqamli ruchka ishlashini yozilgan matn avtomatik tarzda tanib olinib va matnli formatga aylantiriladigan qilib, sozlash mumkin. Bunday holatda barcha kerakli axborotlarni ShKda mavjud bo’lgan axborotlar bilan avtomatik ravishda birlashtirish mumkin bo’ladi. FCS Mobile NoteTaker qo’l yozma matnni to’g’ridan-to’g’ri Microsoft Word yoki Outlook ka kiritishga ham imkon beradi (qog’ozga yoziladi, matn esa avtomatik tarzda tanib olinadi va dasturga ko’chiriladi). Huddi shunday usul bilan ruchka va qog’oz yordamida ICQ orqali ishlash mumkin.

Ba’zi dizaynerlar grafplanshetga juda o’rganib qolganlaridan undan hatto sichqoncha kabi ham foydalanadilan. FCS Mobile NoteTaker qurilmasi NoteTaker rejimida hamda “sichqoncha rejimida” ishlashi ham mumkin. Umuman aytganda, qurilma juda qulay va qiziqarli. Bozorlarimizda uning paydo bo’lganligidan juda xursandmiz.

Jurnalimiz tahririyati FCS Mobile NoteTaker qurilmasini tanishib chiqish uchun taqdim etgan Nuron kompaniyasiga o’z minnatdorchiligini bildiradi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top