Infocom.uz

Yuqori maosh taklif qilinayotgan IT mehnat bozorining tahlili

Hozirgi kunda IT mutaxassislarga ortib borayotgan talab tufayli taklif ham o’z-o’zidan ortib bomoqda. Quyidagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muasssasasi tomonidan olib borilgan IT mehnat bozori tahlilida IT sohasidadgi bir qator yo’nalishlar o’rin olganini va ish beruvchilar qancha iqdorda oylik berishga tayyor ekanliklarini ko’rishingiz mumkin.

Tahlilda HeadHunter, IT Market, Ishkop.uz vakansiyalar portallari va UzDevJobs telegram kanalidagi e’lon qilib borilayotgan vakansiyalar asosida tuzilgan bo’lib, dasturchi, dizayner, tahlilchi, IT mutxassisi, iT loyiha boshqaruvchisi va boshqalar o’rin olgan. Umumiy bo’sh ish o’rinlar soni 1618 tani tashkil etib shundan HeadHunterda 435 ta, IT marketda 142 ta, ishkop.uz da 840 ta va uzdevjobsda 201 tani tashkil etmoqda.

Sohalar kesimida bo’sh ish o’rinlari uchun taklif etilayotgan oyliklar ichida eng yuqorisini tahlilchilar ekanini quyidagi grafik orqali kuzatishimiz mumkin bo’ladi. Ularga o’rtacha minimal taqdim etilayotgan ish haqqi 13 million 300 ming so’mni o’rta maksimal esa 32 million 200 ming so’mni tashkil etayapti. Qolgan soha vakillariga taklif etilayotgan oyliklarni grafik orqali ko’rishingiz mumkin.

Albatta har yerda ish tajribasiga ega nomzodlarga talab yuqori bo’ladi. Ish tajribasidan kelib chiqib ham oylik va ish sharoitlari taqdim etiladi. Quyidagi grafikda ish tajribasi 1 yildan 3 yilgacha bo’lgan nomzodlar uchun qancha maosh taklif etilayotganini taqdim etilgan.

Malakali va tajribaga ega kadrlar har yerda qadrlanadi va ularning ish tajribasi uchun haq to’lanadi. Yuqori ish stajiga ya’ni 3 yildan 6 yilgacha ega bo’lganlar tajribasiz va ish tajribasi 3 yilgacha bo’lgan nomzodlarga nisbatan balandroq ish haqqilari taqdim etilgan. Quyidagi grafik orqali IT yo’nalishidagi sohalar kesimida barcha taqdim etilayotgan ish haqqilarini ko’rishingiz mumkin.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top