Infocom.uz

Zamonaviy texnologia yoshlar orasida

Talabalar orasida bir do‘stim bor. Internet ishqivozi. Yangi xabarlardan tez voqif bo‘lishga qiziqadi. Kompyuter qismlari, zamonaviy apparatlar va ularning narxlariga befarq emas. Zamondan ortta qolmaslikka harakat qiluvchi bu do‘stim hozir katta bir dasturga qiziqib qolgan.

Bizga ma’lumki, Microsoft kompaniyasi kompyuter dasturlarini ishlab chiqarishda katta muvaffaqiyatga erishdi. Windows Vista, yangi operatsion tizimni sotuvga qo‘ydi. Albatta, hozir bu tizimga talab va qiziqish katta. Uning qulayliklari va imkoniyatlari o‘rganilmoqda. Uch o‘lchamli dizaynga ega, Windows oilasining yangi avlodi bo‘lgan bu tizimni biz qachon ishlatamiz ? Albatta, Microsoft kompaniyasining ham maqsadlari bor. Ma’lum vaqt sinalgan tizim turli variantlarda chiqarilib, 30 yanvar 2007 yildan boshlab xaridorlarga taqdim etilgan. Foyda olishda bu usul samarali. Uni tarqatish keng ko‘lamda bajarilmoqda.

Windows Vista operatsion tizimiga qiziquvchilar uchun qisqacha ma’lumot: Bu tizimni setup qilish sodda va qulay. Kompaniya tizimni ishlab chiqarish uchun 5 yil ichida 8 mlrd. $dan ko‘proq mablag‘ sarflagani haqida ‘infocom.uz’ jurnalida xabar berilgandi. Foydalanuvchiga qarab tizimning har xil turlari chiqarilgan. Uyda ishlatish uchun Home Basic va keng imkoniyatli Home Premiumdan foydalanish mumkin. ‘Windows Vista Business’ tizimi tashkilotlar uchun mo‘ljallangan. Uning kengaytirilgan ko‘rinishi Windows Vista Enterprise nomi bilan ataladi. Nozik va talabchan xaridorlar uchun Windows Vista Ultimate tizimi taklif etiladi. Undagi turli funksiyalar bozor sohasi va kichik biznes bilan shug‘illanuvchilar uchun mo‘ljallangan. Aynan shu tizimdagi Windows BitLocker uyda ham, ishda ham ma’lumotlar havfsizligini ta’minlash uchun ishlatiladi.

Windows Vista to‘rt turdagi: soddalashtirilgan, klassik, standart va Windows Aero™ interfeyslarini taqdim etadi. Soddalashtirilgan ko‘rinish yangidan modernizatsiya qilingan bo‘lib, oddiyroq kompyuterlar uchun mo‘ljallangan. Klassik ko‘rinish Windows 2000 stilidagi imkoniyatlarni o‘zida mujassam etgan. Bu ikki ko‘rinish tizimning har qanday turlarida mavjud. Standart interfeys o‘rtacha kompyuterlar uchun chiqarilgan bo‘lib, tizimni ishonchli va yuqori sifatda ishlashiga e’tibor qaratilgan. Uch o‘lchamli grafikani qo‘llash va oynalar bilan ishlashni takomillashtirish uchun ‘Windows Driver Displey Model’ grafik texnologiyasidan foydalanilgan. Standart interfeys tizimning Starter turi uchun emas, balki Home Basic turi uchun mo‘ljallangan. Zamonaviy interfeys ‘Windows Aero™’ Vistaning Home Premium, Business, Enterprise va Ultimate turlari uchungina mo‘ljallangan.

Sizga ma’qul bo‘ldimi? Ma’qul bo‘lsa, kompyuteringizni moslashga shoshiling, chunki siz sinovga chiqarilgan Vistalarni ishlatishingiz mumkin. Axir u sinovdan o‘tgan, albatta, har bir notanish narsani ishlatganda, faqat ehtiyot bo‘lish kerak. Faqat Chatda, ICQda gap sotgan bilan zamonaviy bo‘lish qiyin. Mustaqil harakat zamon talabi. Aytganimdek, texnika tez o‘zgarmoqda. Demak, inson bilimi ham yangilanib turishi lozim.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top