Infocom.uz

“Zo‘r-Zo‘r Hayot” fototanlovi: “Bilayn” 3G-modemlarni Facebookda o‘yinga tikmoqda

Har xafta http://www.facebook.com/beeline.uz?sk=app_10442206389 da “Bilayn” 3G USB-modemi o‘ynaladi. Unga Zo‘r-Zo‘r Hayot / Klassnaya jizn mavzusida suratini qo‘ygan har bir foydalanuvchi ega bo‘lishi mumkin. Qiziqarli, kulgili, antiqa va shunchaki pozitiv surat – tanlovda g‘olib bo‘lish uchun shulrning o‘zi kifoya. Arbitrlar yoqqan rasmga ovoz beruvchi foydalanuvchilarning o‘zlari bo‘lishi mumkin.

beeline_4_04_2011

“Hozirda Facebookdagi sahifamiz yetarli darajada mashhur va biz foydalanuvchilarga interaktiv loyihalar hamda o‘zlarini namoyon qilish imkoniyati ma’qul bo‘lishini ko‘rmoqdamiz, – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – biz ongli ravishda tanlov mavzusini o‘z brendimiz va unga bog‘liq bo‘lgan alomatlar bilan chegaralamadik. “Zo‘r-Zo‘r Hayot” – bu bizni o‘rab turgan, biz har kuni guvohi bo‘layotgan va his qilayotgan borliq, demak har kimga bu borada atrofdagilar bilan baham ko’rishga mavzu topiladi”.

Fototanlov 2011 yilning iyun oyigacha davom etadi. Bu davr mobaynida har xafta Facebookdagi “Bilayn” foydalanuvchilari tomonidan eng zo‘r suratlar tanlanib, ularning mualliflariga sovg‘alar taqdim etiladi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Raqamli Valyuta.

Raqamli Valyuta. To‘g‘ridan-to‘g‘ri mamlakatlarning Markaziy banki tomonidan chiqarilgan virtual valyuta