Infocom.uz

“Zo‘r-Zo‘r” tarif rejasida yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi

“Zo‘r-Zo‘r” tarif rejasi doirasidagi yangi xizmatlar har kuni tarmoq ichida 70 daqiqa, 200 ta SMS yoki 5 Megabayt Internet-trafikka ega bo‘lish imkoniyatini beradi. Bunda istalgan bitta, ikkita yoki uchta xizmatga ulanish mumkin.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning ommaviy bozorini rivojlantrish bo‘yicha Tijorat direktori Marat Serikov quyidagilarni qayd qildi: “Yangi servislarni ishga tushirishda biz abonentlarimizning qator istaklarini hisobga oldik. “Zo‘r-Zo‘r” tarif rejasi mo‘ljallangan aktiv muloqot ishqivozlariga maksimal darajada qulay qilishga harakat qilgan mazkur xizmatlarimiz ma’qul keladi, deb o‘ylayman”.

beeline_2_03_2011_2

“Zo‘r-Zo‘r qo‘ng‘iroqlar” xizmatiga ulanish uchun *110*700# kodini, “Zo‘r-Zo‘r SMS” uchun *110*200# kodini, “Zo‘r-Zo‘r Internet” uchun esa – *110*100# kodini terish lozim. Har bir xizmatga ulanishning bahosi – $0,10. Har bir xizmat uchun abonent to‘lovi – kuniga $0,10.

Batafsil ma’lumotlar www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing: