Infocom.uz

“Zo‘r-Zo‘r TUN +” – tongga qadar telefon hamda ijtomoiy tarmoqlarda bepul muloqot

Mazkur voqenai sharhlar ekan, “Unitel”ning Ommaviy bozorini rivojlantitrish bo‘yicha tijarat direktori Marat Serikov quyidagilarni qayd qildi: “Zo‘r-Zo‘r” – “Bilayn”ning eng ommalashgan tariflaridan biridir, bundan tashqari – bizning ma’lumotlarga qaraganda, u birinchi navbatda yangi avlod uchun qiziqarli. Aynan shuning uchun uning asosida biz “Zo‘r-Zo‘r TUN” kabi yoshlar uchun mo‘ljallangan hamda innovatsion takliflarni ilgari surmoqdamiz”.

“Zo‘r-Zo‘r TUN +” xizmatida “Zo‘r-Zo‘r” tarifi abonentlarida 00:00 dan 07:00 ga qadar tarif ichida limitsiz qo‘ng‘iroqlar, SMS va MMSlar beriladi, shuningdek, “Odnoklassniki”, “Vkontakte”, “Moy Mir”, “Facebook” va “Twitter” ijtimoiy tarmoqlarining mobil, WAP- va PDA-versiyalarida cheksiz muloqot qilish imkoniyati mavjud bo’ladi. Xizmat foydalanish uchun abonent to’lovi – sutkasiga $0,01.

“Biz O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar ommalashuvining yirik to‘lqinini ko‘rmoqdamiz, – deydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Bunda undan foydalanuvchilarning asosiy qismi mobil telefon va smartfonlardan foydalanadilar. Ishonamanki, yangi xizmatning ko‘plab ishqibozlari bo’ladi”.

“Zo‘r-Zo‘r TUN” xizmatida “Zo‘r-Zo‘r” tarifi ichida ikki baravar arzon abonent to‘lovi – sutkasiga $0,005 bo‘lgan telefon so‘zlashuvlardan tashqari xuddi o‘sha bonuslarni ko‘zlaydi.

“Zo‘r-Zo‘r TUN +” xizmatini yoqtirish kodi – *110*77#. “Zo‘r-Zo‘r TUN” xizmatini yoqtirish kodi – *110*88#. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top