Infocom.uz

Aprel 2009

O’qitish vositalarining yangi avlodlari

pic

O’quv jarayonidagi asosiy muammolardan biri talabalarning o’zlashtirish darajasini oshirish, berilayotgan bilimlarni tushunishlarini, xotiralarida saqlash va qo’llash yo’llarini egallashni yaxshilashdan iborat bo’lmoqda. Ma’lumki, inson ma’lumotlarning 80 foizini ko’rish, 15 foiziga yaqinini eshitish va qolgan 5 foizini maza-tam bilish sezgi organlari orqali oladi. Biroq hayotda ma’lumotlarni faqat qabul qilibgina qolmay, uni yodda saqlash ham kerak.

Maqsad – har jihatdan yetuk mutaxassislarni tayyorlash

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi PQ-91 sonli “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi qaroriga asosan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va uning viloyatlardagi 5 ta filiali, jumladan, Samarqand filiali ham 2005-2006 o’quv yilidan boshlab faoliyat ko’rsata boshladi. TATU Samarqand filiali faoliyati uchun Samarqand shahri markazidan bino ajratildi va juda qisqa vaqtda zamonaviy talablar asosida sifatli ta’mirlandi. Jumladan, kompyuter va o’quv, laboratoriya xonalari ta’lim standartlari asosida jihozlandi. Filialning axborot resurs markazi (ARM) tashkil etilib, kerakli adabiyotlar bilan ta’minlandi, hozirgi kunda uning fondi o’n to’rt mingdan ortiq ilm manbalarini o’z ichiga oladi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash yig’ilishi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda vazirlik va idoralar rahbarlari, soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Scroll to Top