O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi PQ-91 sonli “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi qaroriga asosan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va uning viloyatlardagi 5 ta filiali, jumladan, Samarqand filiali ham 2005-2006 o’quv yilidan boshlab faoliyat ko’rsata boshladi. TATU Samarqand filiali faoliyati uchun Samarqand shahri markazidan bino ajratildi va juda qisqa vaqtda zamonaviy talablar asosida sifatli ta’mirlandi. Jumladan, kompyuter va o’quv, laboratoriya xonalari ta’lim standartlari asosida jihozlandi. Filialning axborot resurs markazi (ARM) tashkil etilib, kerakli adabiyotlar bilan ta’minlandi, hozirgi kunda uning fondi o’n to’rt mingdan ortiq ilm manbalarini o’z ichiga oladi.