Infocom.uz

Avgust 2011

Mustaqilligimizning 20 yilligi munosabati bilan aloqa va axborotlashtirish sohasining bir guruh xodimlari mukofotlanishdi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan aloqa va axborotlashtirish sohasining bir guruh xodimlari davlatimiz mustaqilligi, iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-ta’lim, madaniy, ma’naviy salohiyati va mudofaa qudratini mustahkamlash, sarhadlarimiz xavfsizligi va daxlsizligini ta’minlash, mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiyalash, Vatanimizning munosib yosh avlodini tarbiyalash ishiga salmoqli hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida Prezidentimizning Farmoniga ko‘ra ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil” esdalik nishoniga sazovor bo‘lishdi.

“Bilayn”ning bayram vaxtasi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) “GolfSTREAM” keng tarmoqli Internet xizmati mijozlariga bayram kunlari “Vaxta” tarif rejasi ishlashi haqida xabar beradi. Dam olish kunlari ko‘chirilishi munosabti bilan “Vaxta” tarif rejasi 2011 yil 29 avgust 00:00 dan 2 sentyabr 09:00 gacha ishlaydi.

Aloqa va axborotlashtirish sohasi xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 25 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi katta xizmatlari, ko‘p yillik samarali mehnati uchun turli sohalar vakillari qatorida aloqa va axborotlashtirish sohasining bir guruh xodimlari ham davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Mustaqillik yillarida pochta aloqasi sohasining rivojlanishi

pochta_26_08_2011

Pochta aloqasi sohasi O‘zbеkiston davlatining xo‘jalik va ijtimoiy infrastrukturasining ajralmas qismi hisoblanadi. 1991-yilda O‘zbеkiston Rеspublikasi mustaqilligi e’lon qilingan kundan boshlab, aloqa sohasida ham korxonalarni mustaqil xo‘jalik subyеktlariga o‘tkazish ishlari boshlandi. Pochta aloqasi va soyuzpechat korxonalari nеgizida pochta aloqasi mustaqil korxonasi (birlashmasi) tashkil etildi.

Scroll to Top