“Bilayn” bolalarga bayram sovg‘a qildi
Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) “Xayrli ishlar” loyihasi doirasida navbatdagi aksiya o‘tkazilganligi haqida xabar beradi. 31 may kuni kompaniyaning taklifiga binoan Respublika bolalarni ijtimoiy moslashtirish markazining tarbiyalanuvchilari IIV Madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan bayram taqdimotining mehmoni bo‘ldilar.