Infocom.uz

Iyul 2012

Imo-ishoralar elektron tarjimoni ishlab chiqildi

Eshitish qobiliyatlarida jiddiy nuqsonlar bo‘lgan insonlar ishoralar tili yordamida muloqotda bo‘lishga majburlar, bu ular uchun tashqi olam bilan aloqa o‘rnatish eng oddiy usuli. Muammo ishoralar tilini odatda faqat o‘xshash muammoga ega insonlargina tushunishlari, atrofdagilarning ko‘pchiligi bu tilni bilmasliklaridan iborat. Munosabatlarda jiddiy to‘siq yuzaga keladi. Xyuston universiteti (AQSH) talabalari ushbu muammoni hal qilmoqchilar, ular ishoralar tilidan tarjimon namunasini yaratdilar.

Simsiz «ovoz kulchasi» iriver Blank

Mobil akustikasi assortimenti kengaytirilmoqda, ishlab chiqaruvchi o‘z ishining shakli va dizayni ustida tajribalar olib bormoqda. Shuning uchun iriver kompaniyasi ham allaqachon nostandart, mobil dinamik Blank Sound Donutni taqdim etdi. Uni e’tiborsiz egasi nonushtaga kulcha sifatida yutib yuborishi mumkin.

Ta’lim jarayonida AKT va undan foydalanishda pedagog-mutaxassislarning vazifalari

Jamiyat va ta’limni axborotlashtirish jarayonlarini jadallashtirish sharoitlarida o‘quvchilar bilan dars mashg‘ulotlarini raqamli vositalardan foydalanib, zamonaviy raqamli kommunikatsiya muhitida o‘tkazish katta samara beradi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarni axborot va kommunikativ texnologiyalarga (AKT) o‘rgatish va ularni to‘g‘ri qo‘llash qobiliyatini boshlang‘ich umumta’lim bosqichidagi universal o‘quv faoliyatlari bilan uyg‘unlikda shakllantirish, uning samaradorligini ta’minlashning muhim elementi hisoblanadi.

“Bilayn” SMS orqali “Moy Mir”ni yaratmoqda

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) “SMS orqali “Moy Mir!” xizmatini taqdim qiladi. Endilikda kompaniya abonentlari mobil telefonlariga ijtimoiy tarmoqdagi do‘stlarning yangi fiklari, yangi kelgan xabarlar haqidagi bildirishlarni olishlari, shuningdek ularga Internetga kirmasdan turib SMS vositasida javob berishlari mumkin.

“VimpelKom” abonentlari o‘zlarining mobil aloqasi hisoblaridan Google Play kontentini osonlik bilan topish, sinab ko‘rish va xarid qilish uchun foydalanishlari mumkin

“Vimpelkom Ltd” (“VimpelKom”, “Kompaniya”, “Guruh”), telekommunikatsiya xizmatlari bo‘yicha jahondagi yetakchi provayder, shuningdek qidiruv texnologiyalari sohasidagi jahondagi lider Google bugun Google Play yordamida “VimpelKom” mijozlari uchun raqamli o’yinlarning yangi servislarini taqdim etishda hamkorlik qilishlari haqida e’lon qiladilar.

Televideniyaning rivojlanish istiqbollari

Hozirgi davrda butun olamdagi deyarli barcha oilalarning ham maslahatgo‘yi, ham hamkori va do‘stiga aylanib ulgurgan televideniya sohasi zamon talablariga monand tobora rivojlanib, mukammallashib bormoqda. Televizoringiz chiroyli ko‘rsatsa ovozi jozibali bo‘lsa rohatlanasiz, asablaringiz dam oladi, ayniqsa, dunyodagi ajoyib tabiat manzaralari, mo‘jizakor maaskanlarini raqamli televideniya orqali tomosha qilsangiz, bilimingiz, dunyoqarashingiz kengayib, dilingiz orom oladi.

Buxoro viloyatida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish masalalari

Buxoro viloyatida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish ishlari soha bo‘yicha qabul qilingan Hukumat qarorlarining bajarilishini ta’minlash doirasida olib borilmoqda. Jumladan: internetdan foydalanuvchilar soni 513,4 mingtani tashkil etib, yil boshiga nisbatan bu ko‘rsatkich 108,4 foizga o‘sdi. Internet xizmatlaridan foydalanish ko‘rsatkichi o‘rtacha har 1000 nafar aholi soniga 302 ni tashkil etmoqda. Aholi yashash punktlarining 45tasida jamoaviy Internet xizmati ko‘rsatuvchi shaxobchalar tashkil etildi.

Scroll to Top