Infocom.uz

Sharh va fikr-mulohazalar

Pingvinlarnikida mehmonda yoki Linux barcha uchun

pic

Siz pingvinlarning qancha turi mavjudligini bilasizmi?
Haqiqiy Аntarktikada yashaydiganlarini, albatta!? Agar bilsangiz ham balki Аdel pingvinglari, Gumboldtlarni, imperator pingvinlarini aytsangiz kerak.
Bu qushlarning 16 turi mavjud . Kattaliklari bo’yicha (baland bo’yli 117 smgacha bo’lgan imperatorlar va faqatgina 40 smgacha kichik turlari), yashash joylari bo’yicha ham turli xillari mavjud. Pingvinning shunday turlari borki, ular faqatgina Janubiy Amerika janubida, Afrika janubida va Avstraliya qirg’oqlarida yashaydilar, yana shunday turi borki, u ( galapagoslik ) ekvatorda yashaydi. Biroq bu qushlarning asosiy qismi Antarktidada yashaydi. Bu qushlarga yaxshi munosabatlarda bo’linsa ham baribir ularga ko’proq e`tibor berish kerak.
Yer yuzida yashovchi tirik jonzodlar orasida bu ajoyib qushlar hayoti haqida ko’pchilik to’la ma`lumotga ega emas. Ammo ushbu maqolada gap bu haqda bormaydi. Balki dasturlar dunyosidagi ularning “qarindoshlari” haqida boradi. Ular haqida ham ko’pchilik yetarlicha ma`lumotlarga ega emaslar.

«Virtual olam» da Konstitutsiya kerakmi?

pic
– Siz qoidalarni buzdingiz – Yahooni buzib o’tdingiz. «Huquqbuzar» !

– Qanday tartibni buzdim? Men Internetdaman-ku?
– Nima bo’libdi? Аxir Internet tarmog’ida qonun – qoidalar bo’lmaydi, deb kim aytdi?

Haqiqatdan ham Internet insonlar ongida go’yo real olamdagi hech qanday qonun – qoidalar amalga oshmaydigan parallel olam sifatida mustahkam o’rin olmoqda. Real olamda nimaiki sodir bo’lsa, (ba`zan sodir bo’lmagan, biroq bo’lishi mumkin bo’lgan) ularning barchasi Internetda ham mavjud. SHubhasiz, Internet – bu cheksiz bilimlar bulog’idir. Unda nimalar yo’q, deysiz! Undan Oksfordga o’qishga kirish bo’yicha axborot olish mumkin. Shuningdek, Internet uydan ko’chaga chiqmagan holda taniqli professorlar tomonidan tahsil olish imkoniyatini beradi. Istasangiz, Kembrijning elektron kutubxonasiga kirib, kerakli kitobni «oling» va bemalol o’qiyvering. Internet buni amalga oshirishning imkonini beradi.

Shuhrat uchun emas, balki Er yuzida aloqalar uchun

pic

“Alcatel Sel AG” kompaniyasining O’zbekistondagi faoliyati

Bugungi kunda elektr aloqalari xizmatlaridan foydalanmaydigan insonni uchratish qiyin bo’lsa kerak. Аgarda maishiy texnikalar, shahsiy kompyuterlar va boshqa jihozlar ishlab chiqaruvchilar borasida hamma narsalarni bilsalarda, zamonaviy telekommunikatsion texnikalarni ishlab chiqaruvchilar haqida juda kam sonli odamlar xabardordirlar. Mobil telefon egasi oddiy tarmoqqa qo’ng’iroq qilganida yoki ma`lumotlar etkazish tarmog’i xizmatlaridan foydalanganida u xatto bu uskunalarni kim ishlab chiqarishi haqida o’ylab ham o’tirmaydi.

Multimediali proektor – kino dunyosi Sizning xizmatingizda

pic

Men birinchi marta kinoga borib, “Eramizdaen million yil ilgari” deb nomlangan filmni tomosha qilganman, unda dinozavrlarni ko’rib, qo’rqqanimdan o’rindiqlar tagiga berkinib olib, butun film davomida yashirinib o’tirganman. O’shanda men besh yoshda edim va shu sababli bo’lsa kerak, film juda qo’rqinshli tuyulgan edi. Bu vaqtda men televizorda ko’plab filmlarni ko’rgan bo’lsamda, katta ekrandagi qahramonlardan qattiq qo’rqqandim. Faqatgina kinoteatrda haqiqiylik hissi yuqoriroq bo’lgan.

Oddiy bank emas – «Аloqabank»

pic

«Аloqabank» aktsiadorlik – tijorat banki mamlakatimizdagi eng yosh va istiqbolli banklardan biridir. Bankning etti yillik faoliyati hamma asosiy ko’rsatkichlari – mablag’i (kapitali), daromadi, bank aktivllari muntazam ravishda o’sib borishi va xizmatlari darajasining doimiy kengayib borishi bilan ifoda etiladi.

Buxgalter hisobi qanchalik oddiy

pic
…yoki ta`lim samaradorligini oshirish va tezlashtirish uchun buxgalterlik dasturini qo’llash texnologiyasiga yangicha qarashlar

Buxgalterlik hisobi hamma fanlar va san`atdan ham yuqori turadi,
chunki u hamma uchun zarur, uning o’zi esa hech kimga muhtoj emas.
F.de Eskobar

Tahlil

90 – yillar boshlarida sobiq ittifoqda juda qam murakkab iqtisodiy vaziyat yuzaga keldi. Bir tomondan aqliy mehnat vakillari katta qismini, birinchi navbatda vayronalik ularga ta`sirini ko’rsatdi, ishsizlikka duchor etib ishlab chiqarish imkoniyatlari buzilib kela boshladi. Boshqa tomondan tizim ancha ochiq bo’la bordi va G’arbdan inson faoliyati hamma sohalarini avtomatlashtirish vositalari oqimi keng kirib keldi. Bular birinchi zamonaviy shahsiy kompyuterlar bo’lib, o’sha davrda susayib borayotgan iqtisodiyotni boshqarish va samarali rivojlantirishga o’tish uchun foydali asoslar yaratdilar.

Domenlar haqida baxslar

pic

Internet – biznesining kengayib borishi bilan tarmoqda bo’lgani kabi, real hayotda ham tijorat operatsiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda domen atamasi muhim ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. XX asr oxirlariga kelib, domentlarni ifoda etishda dunyoda mashhur firmalar yoki savdo belgilari, mashhur odamlar familiyalari, jug’rofiy nomlar va shunga o’xshash so’z birikmalaridan foydalanish sababli ko’plab tortishuvlar yuzaga kela boshladi, shu narsa ma`lum bo’lib qoldiki domenlarni ifoda etish tizimi yangi, alohida turdagi intellektual xususiy mulk hisoblanadi.

O’z shaxsiy kompyuteringni o’zing yig’ -I

pic

Аyrimlar «sof insoniy» sifatlarni jonivorlarga ham xos xislat deb ko’rsatishni yaxshi ko’radilar. Masalan, mushuklar haqida gapirganda, bu jonivorlarning takobirligini nazarda tutib, ular: «o’z xohishiga ko’ra istagan erlarida yuraveradilar» – deb aytamiz, bunda mazkur jonivorning biror narsani tanlashda juda mustaºil va hech qanday buyruqni yoki insonlar tomonidan turli tarbiyaviy harakatlarga o’rgatishni tan olmasligini nazarda tutamiz.

O’z shaxsiy kompyuteringni o’zing yig’ – II

nVidialarni tanlab olishga to’g’ri kelsa kerak

pic

Jurnalning oldingi sonida videoakseleratorlar va videoplatalar haqida ancha keng ma`lumotlar berilgan edi. Menimcha ular haqida yana batafsil gapirib o’tirishning hojati yo’q. Videoplatani tanlashdan oldin siz o’z kompyuteringizda juda ko’p o’yin o’ynaysizmi (shu bilan birga DVD proigrivatel sifatida ko’p foydalanasizmi va uch o’lchovli grafikali qushimchadan foydalanasizmi) yoki yo’qmi, aniqlab oling .

«Аloqabank» aktsiadorlik – tijorat banki mamlakatimizdagi eng yosh va istiqbolli banklardan biridir.

Bankning etti yillik faoliyati hamma asosiy ko’rsatkichlari – mablag’i (kapitali), daromadi, bank aktivllari muntazam ravishda o’sib borishi va xizmatlari darajasining doimiy kengayib borishi bilan ifoda etiladi
«Аloqabank» 1994 yili tashkil etilgan. Аloqa va telekommunikatsiyalar korxonalari bankning ta`sischilari bo’lib ishtirok etdilar, bankning boshlang’ich ustav fondi 4 mln. So’m miqdoridi belgilangan.

Scroll to Top