Infocom.uz

Elektron texnika va radioelektronika bo’yicha atamalarning o’zbekcha-ruscha izoqli lug’ati ishlab chiqildi

pic

Lug’atda elektron, optoelektron, yarimo’tkazgichli, elektrovakuum, gaz-razryadli asboblar, radiotexnika tizimlari, televideniye, radiopelengatorlar, antennalar, radiotelemetrik uskuna, radio aloqa vositalari, maishiy radioelektronika, axborotni yozish hamda qayta tiklash usullari va vositalari, lazer texnikasi bo’yicha atamalarning keng spektri aks ettirilgan.

Lug’at alifbo tartibida joylashtirilgan, 2000 dan ortiq atamani o’z ichiga oladi va 432 betdan iboratdir.

Lug’at o’zbek tilidagi atama va ta’riflarni hamda ularning rus tilidagi muqobilini, shuningdek, atamalarning rus hamda ingliz tillaridagi ifodasini o’z ichiga oladi.

Atamalarning o’zbek va rus tillaridagi izohlarini ta’riflashda asosiy diqqat-e’tibor radioelektron qurilmalarda yuz beradigan jarayonlarning fizik mohiyatini ochib berishga qaratildi.

Lug’atdan aloqa va axborotlashtirish sohasida ishlovchi, o’zining amaliy faoliyatida mamlakatimizda va xorijda ishlab chiqilgan normativ-texnik hujjatlardan foydalanadigan muhandis-texniklar, ilmiy xodimlar, shuningdek, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarining o’qituvchi va talabalari foydalanishlari mumkin. Lug’atning nashriyot xodimlari, tarjimonlar hamda darsliklar va o’quv qo’llanmalarining mualliflari uchun ham amaliy foydaliligi shubhasiz.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top