Infocom.uz

Elektron raqamli imzoning e-biznesdagi ahamiyati, O‘zbekistonda joriy etilishi, istiqbollari va huquqiy asoslari.

pic

Oxirgi yillarda elektron tijorat jahon bo‘ylab jadal rivojlanmoqda.Tabiiyki, bu jarayon moliya-kredit tashkilotlari a’zoligida amalga oshiriladi. Savdoning bu turi ommalashib borar ekan, shuni unutmaslik kerakki, “tanga” ning orqa tomoni ham mavjud. Xorijda elektron tijorat keng rivojlangan mamlakatlarda Internet orqali sotib olinadigan tovar yoki bitimning tannarxi 300 – 400 $ bilan chegaralanadi. Buning sababi tarmoqda axborot xavfsizligi muommolari yetarlicha hal qilinmaganligi bilan tushuntiriladi. BMT ning jinoyatchilikning oldini olish va u bilan kurashish Qo‘mitasi baholashiga ko‘ra kompyuter jinoyatchiligi xalqaro muommo darajasiga ko‘tarilgan. AQSH da bu jinoiy faoliyat daromadliligi bilan qurol va narkotik savdosidan keyin uchinchi o‘rinni egallaydi. Xorijlik yetakchi mutaxassislar fikriga ko‘ra elektron tijorat jarayonining rivojlanishi asosan axborot xavfsizligi sohasidagi taraqqiyot bilan belgilanadi. Xo‘sh axborot xafsizligi deganda nima tushuniladi? Axborot xavfsizligi – axborot egasi va undan
foydalanuvchining moddiy va ma’naviy zarar ko‘rishiga sabab bo‘luvchi ma’lumotning yo‘qotilishini, buzilishini, ochilish imkoniyatini yo‘q qiluvchi, tasodifiy va atayin uyushtirilgan ta’sirlarga axborotning bardoshliligidir. Axborot xavfsizligiga erishishda bazis vazifalar – axborotni konfedensialligi, to‘liqligi, unga erkin kirish yo‘li va huquqiy ahamiyatini ta’minlashdir.
Huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan elektron hujjat almashinuvi (EHA) bugungi kunda munozarali mavzu darajasidan real hizmat turiga aylandi. Bu hizmatga talab fond bozorida elektron savdoning rivojlanishi bilan kundan – kunga oshib bormoqda.

“Internet orqali savdo”ni amalga oshirish avval amal qilgan tizimdan butunlay farq qiladi. Avvaldagi kabi maxsus aloqa kanali orqali savdo tizimiga kirish huquqiga huddi o‘sha savdo qatnashchisining o‘zi javob beradi. Biroq treyder mijozning “qog‘oz” talabnomalarini savdo terminaliga o‘z qo‘li bilan kiritish imkoniyatidan tashqari, mijozlarda “shlyuz” dasturi orqali talabnomalarni shaxsan o‘zlari to‘ldirgan elektron va kompyuter tizimlari orqali yo‘naltirgan shakllarini savdo tizimiga yuborish imkoniyati tug‘ildi. Elektron talabnomalarni qayta ishlash jadalligi ularni birma-bir qo‘lda tekshirishdan ming marotaba tezroq amalga oshadi. Bunday talabnomalar tayyorlanadi va kirish nazoratiga maxsus dasturiy ta’minot orqali o‘tkaziladi. Nazoratning muhim bosqichlaridan biri talabnomaning aslligi va muallifligini tekshirilishdadir. Ya’ni, talabnoma matni yuboruvchidan qabul qiluvchiga kompyuter tizimi orqali yetkazib berish jarayonida buzilmaganligini va aynan uni yuborgan shaxs (firma) nomidan kelganligi aniqlanadi. Endilikda hujjat kurer tomonidan disketada yoki Internet tarmog‘ining ochiq kanallari orqali kelganmi muhim rol o‘ynamaydi.Tekshirish jarayoni shunday ishonchli bo‘lishi kerakki, sudda ishni ko‘rish holatida sudya baxsli masalani hal qilishda tekshiruv natijalaridan foydalanishga rozi bo‘lishi kerak.

Mana shunday maqsadlarda

Bundan tashqari, ERI dan foydalanib Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning o‘zaro elektron transchegaraviy aloqasini tashkillashtirish va EReports ERI dan foydalanib moliyaviy hisobotlar va soliq to‘lovchilarning xisob-kitoblarini internet tarmog‘i orqali topshirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.

Qo‘shni MDH davlatlari, xorijiy mamlakatlar bilan tajriba almashish, o‘zimizda qo‘llanilayotgan va ular tatbiq etgan loyiha va dasturlar bilan tanishish, investorlarni jalb etish maqsadida yurtimizda sohaga oid xalqaro seminarlar, konferensiyalar o‘tkazilib kelnmoqda. Jumladan, 23-25 aprel kunlari o‘tkazilgan Xalqaro konferensiyada O‘zbekistonda ERI ning istiqbollari, kelajakdagi reja va loyihalar, muommolar yoritildi. Bundan oldingi O‘zAAA da 15 fevralda bo‘lib o‘tgan seminarda axborot va kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish sohasida davlat siyosati birinchi navbatda ma’lumotlarni elektron almashishga asoslangan o‘zaro aloqalarning yangi sohasiga yo‘naltirilganligi ta’kidlandi.

Yuqorida aytib o‘tilgan ma’lumotlarga asoslanib shuni aytish mumkinki, O‘zbekistonda elektron biznes uchun yetarli sharoitlar, imkoniyatlar bor, faqat ular ustida tadqiqotlar olib borib, kamchiliklar, muommolarni bartaraf etish bilan takomillashgan xavfsiz, ishonchli virtual savdo maydonini yaratish mumkin.

ERI va axborot xavfsizligi sohasida xalqaro standartlarni ishlab chiqish va ularni tan olish yanada faol va raqobatbardosh, ishonchli ERI vositalarini xalqaro informatsion hamkorlik sohalarida joriy etishga imkon tug‘diradi.

O‘ylashimcha, buning uchun turli davlat, korporativ, transchegaraviy jarayonlarda ERI dan foydalanish bilan bog‘liq amaliy muommolarni ko‘rib chiqish kerak. Transchegaraviy o‘zaro aloqa bo‘yicha normativ – huquqiy va texnik shartlarini yaratishda milliy ochiq kalitlar infratuzilmasini shakllanishi muhim ahamiyat kasb etishini ham unutmaslik lozim. Yana bir muommolardan biri shuki, xorijiy tasdiqlovchi (sertifikat beruvchi) markazlar tomonidan berilgan imzolarning kalit sertifikatlarini huquqiy tan olish jarayonlari aniqlanmagan. Davlat ijtimoiy aloqalarida rasman mustahkamlangan ma’muriy reglamentlar va huquqiy ahamiyatga ega hujjat almashinuvidan foydalanuvchi davlat axborot hizmatlarini ko‘rsatuvchi jarayonlar mavjud emas. Bu muommolarni hal etish uchun ikki mamlakat munosabatlari subyektlari – transchegaraviy aloqalarning texnologik infratuzilmasini shakllantirish bo‘yicha o‘zaro manfaatli takliflarni tayyorlashda vakil shaxslar yordamida aloqada bo‘lish kerak. Transchegaraviy huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan elektron hujjat almashinuvini qo‘llovchi hususiy biznes rivojlanishidagi tijorat tuzilmalari, manfaatdor tashkilotlar tashabbuslari va faoliyatlarini qo‘llab quvvatlash ham maqsadga muvofiqdir. Yana bir muhim o‘tkazilishi kerak bo‘lgan tadbirlardan biri – ochiq kalitlar infratuzilmasi ierarxiyasini shakllantirishda regional tasdiqlovchi markazlardan foydalanish imkoniyatiga ega ERI sohasida ijroiya vakillik organining “Asosiy tasdiqlash markazi” ni yaratish kerak. ERI ni qo‘llash bilan bog‘liq xavf–xatarlardan sug‘urta qilish mexanizmini huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan axborot hizmatlariga qo‘llash maqsadga muvofiq. Va nihoyat, ochiq kalitlar infratuzilmasining hizmat haqi bozor prinsiplariga tayanishi kerak.

Menimcha, ana shu islohatlar, ERI dan foydalanishning afzalliklarini IT- kompaniyalarga, axborot almashinuv bilan shug‘ullanadigan tashkilot va davlat va nodavlat muassasalariga tushuntirib, targ‘ibot ishlarini olib borish kutilgan natijani beradi. Belgilangan va tahlil qilinayotgan qonunlar esa xavfsiz elektron hujjat almashinuvini ta’minlab, xalqaro doirada istiqbolli, o‘zaro manfaatli shartnomalarni tuzish, tovar va hizmatlarni virtual olamda ishonch bilan keng ko‘lamda taqdim etish imkoniyatini beradi.

Foydalanilgan materiallar:

1. 2003 yil 11 dekabrda 562-II-son Ozbekiston Respublikasi “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida” va 2004 yil 29 aprelda 611-II-son “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida” qonuni
2. [url=http://www.pci.uz]www.pci.uz[/url]
3. [url=http://www.mss.uz]www.mss.uz[/url]
4. [url=http://www.aci.uz]www.aci.uz[/url]

Muallif: Vasila Karimova Xusanovna,TATU

Танловга тақдим этиладиган материалларга талаблар [url=http://uz.infocom.uz/more.php?id=231_0_1_20_M]http://uz.infocom.uz/more.php?id=231_0_1_20_M[/url]

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top